top of page


700 ming sömlik dinozavr: haqiqatmi yoki uydirma?
Ijtimoiy tarmoqlarda hovlida yugurib yurgan kiçik dinozavrlar aks etgan video tarqaldi. Videoda kadr ortidagi ovoz uşbu jonzotlarni Instagram orqali topgani va har birini 700 ming sömdan sotib olganini aytadi. Ğayrioddiy lavha foydalanuvçilar orasida qiziqiş uyğotib, ayrimlarni dinozavrlarni haqiqatan ham sotib oliş mumkinmi, degan savolga undadi. Hukm: YOLĞON Factçecker.uz tahlil qildi. Videoda kiçik dinozavrlar hovlida yugurib yurgani, atrof-muhit bilan özaro ta’sirlaşayot
5 days ago


Islom Karimov surati tuşirilgan 1 million sömlik banknot çiqariladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov surati tuşirilgan, qiymati 1 million söm bölgan banknot muomalaga çiqarilişi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Özbekiston Respublikasi Markaziy banki uşbu ma’lumotlarni rad etdi. Xulosa: FEYK Markaziy bank nima dedi? Markaziy bank matbuot xizmati tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi. Regulyator fuqarolarni pul muomalasiga oid ma’lumotlarni rasmiy manbalar orqali tekşirişga çaqirdi.
7 days ago


Madina osmonida quşlar muqaddas sözlarni yozgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonining Madina şahridagi Masjidi Nabaviy osmonida quşlar tödasi arabça yozuvlar va turli geometrik şakllarni hosil qilib uçayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Ayrim foydalanuvçilar uşbu tasvirlarni «möjiza» sifatida talqin qilib, ularni keng tarqatmoqda. Biroq videolarning vizual xususiyatlari bunday tasvirlar haqiqiy voqeani aks ettirayotgani haqidagi da’voga şubha uyğotadi. Faktçeking tahliliga köra, roliklar kompyuter grafikasi yok
Oct 24


Makkada bangladeshlik er-xotin o‘pishgani uchun qatl etildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonida Umra ziyoratiga kelgan bangladeshlik yosh er-xotin Haram hududida o‘pishgani uchun qatl etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Postlarda ular to‘ydan keyin ziyoratga kelgani, o‘lim jazosiga hukm qilingani va Bangladesh hukumati bu haqda oldindan xabardor qilinmagani aytiladi. Makkada o‘pishgani uchun qatl etilgan bangladeshlik juftlik haqidagi xabarlar rostmi? Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonining Makka shahrida Umra ziyoratiga kel
Oct 21


Sent-Xelens vulqoni qulagani aks etgan video AI yordamida jonlantirilganmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda «Tog‘ bir necha soniyada g‘oyib bo‘ldi» sarlavhasi ostida tarqalayotgan videoda ulkan tog‘ yonbag‘rining qulab tushishi va osmonni chang buluti qoplashi aks etgan. Ayrim foydalanuvchilar bu tasvirni tarixiy videoyozuv sifatida taqdim etmoqda. Factcheck: hodisa haqiqiy, ammo tarqalgan videoning ayrim versiyalari sun’iy intellekt yordamida qayta ishlangan. 1980-yilda sodir bo‘lgan vulqon otilishi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq tarixiy fotosuratlarn
Oct 17


Okeanda ulkan shoxli dengiz maxluqi paydo bo‘ldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda kruiz kemasi yonida suv yuzasiga ulkan, shoxli maxluq chiqib kelayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Ayrim foydalanuvchilar uni okean qa’rida yashaydigan noma’lum jonzot sifatida taqdim etmoqda. Biroq bunday mavjudot topilgani haqida ishonchli ilmiy ma’lumotlar mavjud emas. Videoning asl manbasi hamda qachon va qayerda olingani hozircha aniqlanmagan. Tarqalgan lavhada kema palubasidagi odamlar dengizga qarab, telefonlariga tasvirga olayotgani, suvdan e
Oct 16


Alla Pugachyova vafot etgani haqidagi xabarlar rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik xonanda Alla Pugachyovaning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Biroq ochiq manbalarda e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlar bu da’voni tasdiqlamaydi. 2026-yil 7-oktabr kuni Moskva 24 nashri 77 yoshli xonanda Kiprning Limassol shahrida ko‘ringani haqida xabar berdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bloger Yegor Vilms xonanda bilan uchrashib, uning suratlarini e’lon qilgan. Bundan tashqari, 12-oktabr kuni Rossiyaning Fontanka nashri Pugachyovanin
Oct 15


Qirg‘izistonda dinozavr bolalari sotuvga chiqarildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonda tirik dinozavr bolalari sotilayotgani haqida video tarqaldi. Unda tashqi ko‘rinishidan qadimgi sudralib yuruvchilarni eslatuvchi kichik, qora rangli mavjudotlar katak ichida don yeyayotgani aks etgan. Rolik muallifi ularning donasini ulgurji narxda 5 000 qirg‘iz somidan sotib olish mumkinligini va barcha hududlarga yetkazib berish xizmati mavjudligini aytgan. Videodagi tasvirlar foydalanuvchilarda hayrat uyg‘otishi mumkin. Biroq dinozavrla
Oct 14


«O‘zbekistonda hojatxonadan bahaybat ilon chiqdi» — rostmi yoki odamlarni qo‘rqitishga urinishmi?
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda hojatxona kosasidan katta ilon chiqib kelayotgani aks etgan video tarqaldi. Rolik «Shok xabar. O‘zimizda» degan yozuv bilan e’lon qilinib, go‘yoki hodisa O‘zbekistondagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgani haqida taassurot uyg‘otmoqda. Videoda hojatxona teshigidan yirik ilonning boshi va tanasining old qismi chiqib keladi. Jonivor atrofga qarab olgach, yana quvur ichiga kirib ketadi. Vahimali tasvir va «O‘zimizda» degan sarlavha foyd
Oct 13


Okeanda haqiqiy suvparilari topilgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Tailand sohiliga suvparisi chiqib qolgani yoki Gretsiya qirg‘oqlarida sirli mavjudot suzayotgani haqidagi videolar uchrashi mumkin. Bunday lavhalar ko‘pincha hayrat uyg‘otadigan sarlavhalar bilan tarqatiladi. Ayrim postlarda esa voqea go‘yoki olimlar tomonidan tasdiqlangani yoki mahalliy aholi tomonidan ko‘rilgani aytiladi. Ammo faktchekingda faqat videodagi tasvirga tayanish yetarli emas. Avvalo, lavhaning dastlab qayerda va qachon e’lon qilingani, uni
Oct 12


Osmonda o‘zga sayyoraliklar likopchasi ko‘rindimi?
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida @muxriddin_vlogs foydalanuvchisi tungi soat 04:45 da osmonda o‘zga sayyoraliklar likopchasiga o‘xshash obyektni ko‘rganini ma’lum qilgan. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida qiziqish uyg‘otishi mumkin. Biroq noma’lum obyekt kuzatilgani haqidagi xabar uning o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liqligini anglatmaydi. Da’vo nimadan iborat? Foydalanuvchining aytishicha, u tunda osmonda g‘ayrioddiy obyektni ko‘rgan va bu haqda Instagram sahifasid
Oct 10


O‘zbekiston fuqarolariga 35 million so‘mgacha ijtimoiy yordam berilishi haqidagi xabar qanchalik haqiqat?
Internetda O‘zbekiston fuqarolariga yangi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 35 million so‘mgacha moliyaviy yordam berilishi haqida xabar tarqalmoqda. Xabarda fuqarolarga o‘z imkoniyatlarini tekshirish taklif qilinib, buning uchun uzbekiston.polmark2026.xyz havolasiga o‘tish so‘ralgan. Bunday xabar, ayniqsa, moliyaviy yordamga ehtiyoji bor fuqarolar e’tiborini tortishi mumkin. Biroq unda yordam kimlarga berilishi, mablag‘ qaysi manbadan ajratilishi va dasturni qay
Oct 9


Kuzda kobralar yerto‘laga kiradimi? Reklamadagi da’vo tekshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda kuz fasli boshlanishi bilan turli hasharotlar, sichqonlar va hatto ilonlar yerto‘lalarga kira boshlashi haqida reklama tarqalmoqda. Ayrim reklamalarda esa odamlarni qo‘rqitish uchun «kobra» so‘zidan ham foydalanilgan. Reklamada maxsus ishlov berish orqali uylarni sichqon, tarakan va ilonlardan himoya qilish mumkinligi aytiladi. Xo‘sh, bu gaplar qanchalik to‘g‘ri? Avvalo, O‘zbekistonda kobra uchrashi rost. Mamlakat hududida O‘rta Osiyo kobrasi (Naja oxi
Sep 14


Sayyoh o‘rmonda pari jasadini topganmi?
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda sayyoh o‘rmon hududida qanotli, insonga o‘xshash mavjudotning jasadini topgani haqidagi xabar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Post mualliflari ushbu topilmani afsonalarda tasvirlanadigan parilar, o‘rmon ruhlari yoki boshqa sirli mavjudotlar bilan bog‘lashga urinmoqda. Ayrim talqinlarda esa bu mavjudot slavyan mifologiyasidagi bereginyalar yoki kelt xalqlari folkloridagi Aos Sí vakillaridan biri bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Biroq us
Aug 26


Saxalin sohiliga “tarixdan oldingi hayvon” chiqib qoldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim internet sahifalarida Rossiyaning Saxalin oroli sohilida topilgan g‘alati dengiz jonzoti qoldiqlari aks etgan suratlar va videolar yana tarqalmoqda. Post mualliflari ushbu topilmani “tarixdan oldingi mavjudot”, “dinozavrlar davridan qolgan hayvon” yoki “olimlar ham aniqlay olmayotgan noma’lum jonzot” sifatida talqin qilmoqda. Qoldiqlarning tashqi ko‘rinishi haqiqatan ham odatiy dengiz hayvonlariga o‘xshamaydi. Ayniqsa, uzun tuklarga o‘xshash qopl
Aug 15


57,5 million dollarlik “meros”: eski firibgarlik sxemasi yana qaytdimi?
Tasavvur qiling, elektron pochtangizga Fransiyadagi yirik bank xodimidan xat keladi. Xatda sizga hech qachon tanimagan insondan 57,5 million AQSH dollari miqdoridagi meros tegishi mumkinligi aytiladi. Buning uchun esa faqatgina bir necha ma'lumot yuborishingiz kifoya: ism-familiya, yashash manzili, telefon raqami va kasbingiz. Bir qarashda bu kutilmagan omaddek tuyulishi mumkin. Ammo tahlil shuni ko‘rsatadiki, bunday xatlar internetdagi eng eski va eng mashhur firibgarlik sxe
Aug 8


Tuyaqush yog‘i bo‘g‘im og‘rig‘i va radikulitni davolaydimi?
turli biologik faol mahsulotlar mo‘jizaviy davo sifatida targ‘ib qilinmoqda. Shunday reklamalardan biri “Uncha muncha” Telegram kanalida e’lon qilinib, unda tuyaqush yog‘i bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni bartaraf etishi, radikulitni davolashi, mushaklarni tiklashi hamda bo‘g‘imlar harakatchanligini yaxshilashi aytilgan. Ammo bu da’volar ilmiy dalillar bilan qanchalik tasdiqlangan? Da’vo Reklamaga ko‘ra, tuyaqush yog‘i: bo‘g‘im og‘rig‘ini yo‘qotadi; radikulitni davolaydi; mushakl
Aug 6


Tezlikni 80 km/soatdan ortiq oshirganlarning haydovchilik guvohnomasi bekor qilinadimi?
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, “Xokim buva!” Telegram kanalida “Tezlikni me'yordan 80 km/soatdan ortiq oshirganlarning guvohnomasi bekor qilinadi” degan xabar keng tarqaldi. Xabarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasiga tayanilib, tezlikni belgilangan me'yordan 80 km/soatdan ortiq oshirgan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi hamda katta miqdordagi jarimaga tortilishi aytilgan. Mazkur xaba
Aug 5


Katta Farg‘ona kanalida timsoh paydo bo‘ldimi?
2026-yil may oyida ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona magistral kanalida timsoh ko‘ringani haqidagi videolar tez tarqaldi. Videolarda suv yuzasida harakatlanayotgan noma’lum jonzot aks etgani aytilib, ayrim foydalanuvchilar uni timsoh deb baholadi. Xabarlar qisqa vaqt ichida minglab tomoshalar va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zi sahifalar esa vaziyatni yanada keskinlashtirib, kanal bo‘yida yashovchi aholini ehtiyot bo‘lishga chaqir
Aug 4


Janubiy Afrikadagi Fundudzi ko‘li suvi yopiq idishlarda yo‘qolib ketadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Afrikadagi Fundudzi ko‘lidan olingan suv namunalari yopiq idishlarda g‘oyib bo‘lib ketishi, ko‘lni ilmiy jihatdan o‘rganishning imkonsizligi hamda uning suvidan ichgan olimlar vafot etgani haqida da’volar tarqalmoqda. Muqaddas ko‘l va qadimiy afsonalar Fundudzi ko‘li Janubiy Afrikaning Limpopo provinsiyasida joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi yagona tabiiy chuchuk suv ko‘llaridan biri hisoblanadi. Ko‘l Venda xalqi uchun muqaddas maskan sanaladi va
Aug 4
bottom of page