top of page

Islom Karimov surati tuşirilgan 1 million sömlik banknot çiqariladimi?

15 hours ago
1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov surati tuşirilgan, qiymati 1 million söm bölgan banknot muomalaga çiqarilişi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Özbekiston Respublikasi Markaziy banki uşbu ma’lumotlarni rad etdi.

Xulosa: FEYK

Markaziy bank nima dedi?

Markaziy bank matbuot xizmati tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi. Regulyator fuqarolarni pul muomalasiga oid ma’lumotlarni rasmiy manbalar orqali tekşirişga çaqirdi.

Bu haqda Markaziy bankning rasmiy Telegram-kanalida ham ma’lumot berilgan: Markaziy bankning rasmiy munosabati.

Özbekistondagi eng yirik banknot

Markaziy bankning rasmiy ma’lumotlariga köra, Özbekistonda muomaladagi eng yirik nominal — 200 000 sömlik banknotdir. Islom Karimov surati tuşirilgan 1 million sömlik banknot çiqarilişi haqidagi xabarni tasdiqlovçi rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Xulosa: ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvir yangi banknot muomalaga çiqarilganini tasdiqlamaydi. Bunday xabarlarni tarqatişdan oldin Markaziy bankning rasmiy manbalari orqali tekşiriş tavsiya etiladi.



bottom of page