top of page


Amazonkada 30 metrlik ilon bormi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Amazonka daryosida bahaybat anakonda suzib yurgani, ayrim videolarda esa bir joyga to‘plangan ulkan ilonlar aks etgani tasvirlangan roliklar tarqalmoqda. Ulardan birida ilon vertolyotdan suratga olingandek ko‘rsatilgan. Videolar foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ayrimlar ularni haqiqiy deb qabul qilmoqda. Biroq videolarda aks etgan ulkan anakondalar haqiqatan ham mavjudmi? Ispaniyaning RTVE Verifica faktcheking xizmati 2025-yil 14-may kun


Sent-Xelens vulqoni qulagani aks etgan video AI yordamida jonlantirilganmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda «Tog‘ bir necha soniyada g‘oyib bo‘ldi» sarlavhasi ostida tarqalayotgan videoda ulkan tog‘ yonbag‘rining qulab tushishi va osmonni chang buluti qoplashi aks etgan. Ayrim foydalanuvchilar bu tasvirni tarixiy videoyozuv sifatida taqdim etmoqda. Factcheck: hodisa haqiqiy, ammo tarqalgan videoning ayrim versiyalari sun’iy intellekt yordamida qayta ishlangan. 1980-yilda sodir bo‘lgan vulqon otilishi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq tarixiy fotosuratlarn


Okeanda ulkan shoxli dengiz maxluqi paydo bo‘ldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda kruiz kemasi yonida suv yuzasiga ulkan, shoxli maxluq chiqib kelayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Ayrim foydalanuvchilar uni okean qa’rida yashaydigan noma’lum jonzot sifatida taqdim etmoqda. Biroq bunday mavjudot topilgani haqida ishonchli ilmiy ma’lumotlar mavjud emas. Videoning asl manbasi hamda qachon va qayerda olingani hozircha aniqlanmagan. Tarqalgan lavhada kema palubasidagi odamlar dengizga qarab, telefonlariga tasvirga olayotgani, suvdan e


Qirg‘izistonda dinozavr bolalari sotuvga chiqarildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonda tirik dinozavr bolalari sotilayotgani haqida video tarqaldi. Unda tashqi ko‘rinishidan qadimgi sudralib yuruvchilarni eslatuvchi kichik, qora rangli mavjudotlar katak ichida don yeyayotgani aks etgan. Rolik muallifi ularning donasini ulgurji narxda 5 000 qirg‘iz somidan sotib olish mumkinligini va barcha hududlarga yetkazib berish xizmati mavjudligini aytgan. Videodagi tasvirlar foydalanuvchilarda hayrat uyg‘otishi mumkin. Biroq dinozavrla


«O‘zbekistonda hojatxonadan bahaybat ilon chiqdi» — rostmi yoki odamlarni qo‘rqitishga urinishmi?
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda hojatxona kosasidan katta ilon chiqib kelayotgani aks etgan video tarqaldi. Rolik «Shok xabar. O‘zimizda» degan yozuv bilan e’lon qilinib, go‘yoki hodisa O‘zbekistondagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgani haqida taassurot uyg‘otmoqda. Videoda hojatxona teshigidan yirik ilonning boshi va tanasining old qismi chiqib keladi. Jonivor atrofga qarab olgach, yana quvur ichiga kirib ketadi. Vahimali tasvir va «O‘zimizda» degan sarlavha foyd


Okeanda haqiqiy suvparilari topilgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Tailand sohiliga suvparisi chiqib qolgani yoki Gretsiya qirg‘oqlarida sirli mavjudot suzayotgani haqidagi videolar uchrashi mumkin. Bunday lavhalar ko‘pincha hayrat uyg‘otadigan sarlavhalar bilan tarqatiladi. Ayrim postlarda esa voqea go‘yoki olimlar tomonidan tasdiqlangani yoki mahalliy aholi tomonidan ko‘rilgani aytiladi. Ammo faktchekingda faqat videodagi tasvirga tayanish yetarli emas. Avvalo, lavhaning dastlab qayerda va qachon e’lon qilingani, uni


Sayyoh o‘rmonda pari jasadini topganmi?
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda sayyoh o‘rmon hududida qanotli, insonga o‘xshash mavjudotning jasadini topgani haqidagi xabar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Post mualliflari ushbu topilmani afsonalarda tasvirlanadigan parilar, o‘rmon ruhlari yoki boshqa sirli mavjudotlar bilan bog‘lashga urinmoqda. Ayrim talqinlarda esa bu mavjudot slavyan mifologiyasidagi bereginyalar yoki kelt xalqlari folkloridagi Aos Sí vakillaridan biri bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Biroq us


Saxalin sohiliga “tarixdan oldingi hayvon” chiqib qoldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim internet sahifalarida Rossiyaning Saxalin oroli sohilida topilgan g‘alati dengiz jonzoti qoldiqlari aks etgan suratlar va videolar yana tarqalmoqda. Post mualliflari ushbu topilmani “tarixdan oldingi mavjudot”, “dinozavrlar davridan qolgan hayvon” yoki “olimlar ham aniqlay olmayotgan noma’lum jonzot” sifatida talqin qilmoqda. Qoldiqlarning tashqi ko‘rinishi haqiqatan ham odatiy dengiz hayvonlariga o‘xshamaydi. Ayniqsa, uzun tuklarga o‘xshash qopl
bottom of page