top of page

Okeanda ulkan shoxli dengiz maxluqi paydo bo‘ldimi?

16 hours ago
1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda kruiz kemasi yonida suv yuzasiga ulkan, shoxli maxluq chiqib kelayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Ayrim foydalanuvchilar uni okean qa’rida yashaydigan noma’lum jonzot sifatida taqdim etmoqda.

Biroq bunday mavjudot topilgani haqida ishonchli ilmiy ma’lumotlar mavjud emas. Videoning asl manbasi hamda qachon va qayerda olingani hozircha aniqlanmagan.

Tarqalgan lavhada kema palubasidagi odamlar dengizga qarab, telefonlariga tasvirga olayotgani, suvdan esa fantastik ko‘rinishdagi ulkan jonzot boshini chiqarayotgani aks etadi.

Bunday tasvirlar kompyuter grafikasi yoki sun’iy intellekt yordamida yaratilishi mumkin. Biroq videoning asl nusxasi va yaratilish jarayoni aniqlanmagani sababli, aynan ushbu lavha qanday usulda tayyorlanganini qat’iy aytib bo‘lmaydi.

Dengizlarda hali to‘liq o‘rganilmagan turlar mavjud. Ammo bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har qanday g‘ayrioddiy jonzot tasviri haqiqiy ekanini anglatmaydi.

Hozircha ulkan shoxli, fantastik ko‘rinishga ega maxluq topilgani haqida ishonchli ilmiy tasdiq yo‘q. Shuningdek, ushbu videodagi mavjudot real hayvonga tegishli ekanini ko‘rsatuvchi dalillar ham aniqlanmagan.


Hukm: Yolg'on

bottom of page