top of page

Şahrixon yölida “jinlar raqsga tuşayotgani” aks etgan video: vahimali tasvir ortida nima bor?

2 hours ago
2 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Şahrixon yölida tonggi soat 5:00 da “jinlar raqsga tuşayotgani” aks etgani aytilgan video tarqaldi. Qoronği tasvir, vahimali yozuv va diniy audio bilan tarqatilayotgan uşbu rolik foydalanuvçilarda turli savollarni keltirib çiqarmoqda.


Factçecking tahlili videodagi da’voni tasdiqlovçi işonçli dalillar mavjud emasligini körsatdi.


Xira tasvirdagi qora şakl nima?


Videoning sifati past, tasvir esa qoronği va noaniq. Kadr markazida körinadigan qora şaklni ğayritabiiy mavjudot deb baholaş uçun yetarli asos yöq. U daraxt şoxi, buta yoki boşqa oddiy jismning soyasi bölişi mumkin.


Bunday holat psixologiyada pareydoliya deb ataladi. Bu hodisada inson miyasi noaniq şakl va tasvirlarni taniş obrazlarga, masalan, odam yoki boşqa mavjudotlarga öxşatib qabul qiladi. Ayniqsa, qoronğilik va sifatsiz tasvir bunday notöğri talqinga sabab bölişi mumkin.


Videodagi vaqt haqidagi da’vo ham şubhali


Rolikda voqea sahar soat 5:00 da sodir bölgani aytiladi. Biroq videoning özidan uning aynan qaçon olinganini aniqlaşning imkoni yöq. Tasvirdagi yoruğlik holati ham vaqt haqidagi ma’lumotni mustaqil tasdiqlamaydi.


Noyabr oyida Özbekistonda soat 5:00 atrofida odatda hali qoronği böladi. Şu sababli videodagi vaqtni faqat muallifning izohiga asoslanib haqiqiy deb qabul qilib bölmaydi.


Vahimali audio va yozuv tomoşabinga qanday ta’sir qiladi?


Videoga qöşilgan dramatik audio hamda “Şahrixonga ketayotuvdim... Jinlar bor ekan” kabi yozuvlar tomoşabinda qörquv uyğotişga xizmat qiladi. Biroq ovoz va matn tasvirda nima aks etganini isbotlovçi dalil hisoblanmaydi.


Bundan taşqari, videoning asl manbasi, qaçon va qayerda olingani haqida mustaqil tasdiqlangan ma’lumot aniqlanmadi. Demak, uning Şahrixon yölida tasvirga olingani haqidagi da’voni ham hozirça tasdiqlaş mumkin emas.



Tarqalgan videoda jinlar yoki boşqa ğayritabiiy mavjudotlar aks etgani haqida işonçli dalil yöq. Xira tasvirdagi noaniq şakllar oddiy jismlarning soyasi bölişi mumkin. Vahimali audio va yozuvlar esa videoga qöşimça dramatik tus bergan.


Şu bois rolikdagi da’voni tasdiqlangan fakt sifatida tarqatiş töğri emas.




bottom of page