top of page

Osmondan ilonlar yoğgani aks etgan video rostmi?

2 hours ago
1 min read

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda osmondan köplab ilonlar yerga yoğilayotgani aks etgan qisqa video tarqaldi. Kadrlarda ilonlar köça va binolar ustiga tuşayotgani, odamlar esa vahima içida uylariga qoçayotgani körinadi. Orqa fonda odamlarning baqir-çaqiri eşitiladi. Video «haqiqiy voqea» sifatida ulaşilib, foydalanuvçilar orasida vahima va qiziqiş uyğotdi.


Hukm: YOLĞON


Videoda osmondan ilonlar yoğilayotgani tasvirlangan. Biroq bu lavha real hayotda olingan tasvir emas, balki sun’iy intellekt yordamida yaratilgan. Videoning tarqalgan nusxalaridan birida Meksikaning TV Azteca Yucatán telekanali logotipi va ispan tilidagi «¡NO ERA REAL! Falsa lluvia de serpientes causó pánico en redes; pero resultó ser de IA» sarlavhasi joylaştirilgan. Özbek tiliga tarjimasi: «Bu haqiqiy emas edi! Tarmoqlarda vahima uyğotgan yolğon ilon yomğiri sun’iy intellekt işi bölib çiqdi». Ya’ni telekanalning özi kadrlarni soxta deb e’lon qilgan.


Kadrlarni sinçiklab körganda, sun’iy intellekt yaratgan tasvirlarga xos bir neçta belgi seziladi:

Osmondan tuşayotgan ilonlar oğir jism kabi qulamaydi. Ular havoda qoğoz parçasi yoki tutun singari ğayritabiiy buralib, sekin suzib tuşadi.


Videoning dastlabki soniyalarida yerga tuşgan ilonlar tösatdan ğoyib böladi yoki şakli buzilib, yerdagi soya va çang bilan qorişib ketadi. 00:07–00:10-soniyalarda ayol kamera orqali osmonni tasvirga olayotgan paytda yuqorida havoda muallaq turgan noma’lum odam qöli va sun’iy çizilgan ilon siluetlari körinadi. Bunday xatoliklar zamonaviy sun’iy intellekt video generatorlariga xos.


Videoning orqa fonida hind tilida «Uyga qoçing!» degan vahimali ovozlar eşitiladi, ustiga esa Meksika telekanalining raddiya matni qöyilgan. Bu şok-kontent avval Janubiy Osiyo auditoriyasida tarqalib, keyinroq boşqa mintaqalar mediasida foş etilgani körinadi. Voqea joyi, sanasi yoki guvohlari haqida esa heç qanday işonçli ma’lumot yöq.



bottom of page