top of page


Okeanda ulkan shoxli dengiz maxluqi paydo bo‘ldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda kruiz kemasi yonida suv yuzasiga ulkan, shoxli maxluq chiqib kelayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Ayrim foydalanuvchilar uni okean qa’rida yashaydigan noma’lum jonzot sifatida taqdim etmoqda. Biroq bunday mavjudot topilgani haqida ishonchli ilmiy ma’lumotlar mavjud emas. Videoning asl manbasi hamda qachon va qayerda olingani hozircha aniqlanmagan. Tarqalgan lavhada kema palubasidagi odamlar dengizga qarab, telefonlariga tasvirga olayotgani, suvdan e
2 hours ago


Alla Pugachyova vafot etgani haqidagi xabarlar rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik xonanda Alla Pugachyovaning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Biroq ochiq manbalarda e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlar bu da’voni tasdiqlamaydi. 2026-yil 7-oktabr kuni Moskva 24 nashri 77 yoshli xonanda Kiprning Limassol shahrida ko‘ringani haqida xabar berdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bloger Yegor Vilms xonanda bilan uchrashib, uning suratlarini e’lon qilgan. Bundan tashqari, 12-oktabr kuni Rossiyaning Fontanka nashri Pugachyovanin
22 hours ago


Qirg‘izistonda dinozavr bolalari sotuvga chiqarildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonda tirik dinozavr bolalari sotilayotgani haqida video tarqaldi. Unda tashqi ko‘rinishidan qadimgi sudralib yuruvchilarni eslatuvchi kichik, qora rangli mavjudotlar katak ichida don yeyayotgani aks etgan. Rolik muallifi ularning donasini ulgurji narxda 5 000 qirg‘iz somidan sotib olish mumkinligini va barcha hududlarga yetkazib berish xizmati mavjudligini aytgan. Videodagi tasvirlar foydalanuvchilarda hayrat uyg‘otishi mumkin. Biroq dinozavrla
2 days ago


«O‘zbekistonda hojatxonadan bahaybat ilon chiqdi» — rostmi yoki odamlarni qo‘rqitishga urinishmi?
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda hojatxona kosasidan katta ilon chiqib kelayotgani aks etgan video tarqaldi. Rolik «Shok xabar. O‘zimizda» degan yozuv bilan e’lon qilinib, go‘yoki hodisa O‘zbekistondagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgani haqida taassurot uyg‘otmoqda. Videoda hojatxona teshigidan yirik ilonning boshi va tanasining old qismi chiqib keladi. Jonivor atrofga qarab olgach, yana quvur ichiga kirib ketadi. Vahimali tasvir va «O‘zimizda» degan sarlavha foyd
3 days ago


Okeanda haqiqiy suvparilari topilgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Tailand sohiliga suvparisi chiqib qolgani yoki Gretsiya qirg‘oqlarida sirli mavjudot suzayotgani haqidagi videolar uchrashi mumkin. Bunday lavhalar ko‘pincha hayrat uyg‘otadigan sarlavhalar bilan tarqatiladi. Ayrim postlarda esa voqea go‘yoki olimlar tomonidan tasdiqlangani yoki mahalliy aholi tomonidan ko‘rilgani aytiladi. Ammo faktchekingda faqat videodagi tasvirga tayanish yetarli emas. Avvalo, lavhaning dastlab qayerda va qachon e’lon qilingani, uni
4 days ago


Osmonda o‘zga sayyoraliklar likopchasi ko‘rindimi?
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida @muxriddin_vlogs foydalanuvchisi tungi soat 04:45 da osmonda o‘zga sayyoraliklar likopchasiga o‘xshash obyektni ko‘rganini ma’lum qilgan. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida qiziqish uyg‘otishi mumkin. Biroq noma’lum obyekt kuzatilgani haqidagi xabar uning o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liqligini anglatmaydi. Da’vo nimadan iborat? Foydalanuvchining aytishicha, u tunda osmonda g‘ayrioddiy obyektni ko‘rgan va bu haqda Instagram sahifasid
6 days ago


O‘zbekiston fuqarolariga 35 million so‘mgacha ijtimoiy yordam berilishi haqidagi xabar qanchalik haqiqat?
Internetda O‘zbekiston fuqarolariga yangi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 35 million so‘mgacha moliyaviy yordam berilishi haqida xabar tarqalmoqda. Xabarda fuqarolarga o‘z imkoniyatlarini tekshirish taklif qilinib, buning uchun uzbekiston.polmark2026.xyz havolasiga o‘tish so‘ralgan. Bunday xabar, ayniqsa, moliyaviy yordamga ehtiyoji bor fuqarolar e’tiborini tortishi mumkin. Biroq unda yordam kimlarga berilishi, mablag‘ qaysi manbadan ajratilishi va dasturni qay
7 days ago


Kuzda kobralar yerto‘laga kiradimi? Reklamadagi da’vo tekshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda kuz fasli boshlanishi bilan turli hasharotlar, sichqonlar va hatto ilonlar yerto‘lalarga kira boshlashi haqida reklama tarqalmoqda. Ayrim reklamalarda esa odamlarni qo‘rqitish uchun «kobra» so‘zidan ham foydalanilgan. Reklamada maxsus ishlov berish orqali uylarni sichqon, tarakan va ilonlardan himoya qilish mumkinligi aytiladi. Xo‘sh, bu gaplar qanchalik to‘g‘ri? Avvalo, O‘zbekistonda kobra uchrashi rost. Mamlakat hududida O‘rta Osiyo kobrasi (Naja oxi
Sep 14


Sayyoh o‘rmonda pari jasadini topganmi?
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda sayyoh o‘rmon hududida qanotli, insonga o‘xshash mavjudotning jasadini topgani haqidagi xabar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Post mualliflari ushbu topilmani afsonalarda tasvirlanadigan parilar, o‘rmon ruhlari yoki boshqa sirli mavjudotlar bilan bog‘lashga urinmoqda. Ayrim talqinlarda esa bu mavjudot slavyan mifologiyasidagi bereginyalar yoki kelt xalqlari folkloridagi Aos Sí vakillaridan biri bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Biroq us
Aug 26


Saxalin sohiliga “tarixdan oldingi hayvon” chiqib qoldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim internet sahifalarida Rossiyaning Saxalin oroli sohilida topilgan g‘alati dengiz jonzoti qoldiqlari aks etgan suratlar va videolar yana tarqalmoqda. Post mualliflari ushbu topilmani “tarixdan oldingi mavjudot”, “dinozavrlar davridan qolgan hayvon” yoki “olimlar ham aniqlay olmayotgan noma’lum jonzot” sifatida talqin qilmoqda. Qoldiqlarning tashqi ko‘rinishi haqiqatan ham odatiy dengiz hayvonlariga o‘xshamaydi. Ayniqsa, uzun tuklarga o‘xshash qopl
Aug 15


57,5 million dollarlik “meros”: eski firibgarlik sxemasi yana qaytdimi?
Tasavvur qiling, elektron pochtangizga Fransiyadagi yirik bank xodimidan xat keladi. Xatda sizga hech qachon tanimagan insondan 57,5 million AQSH dollari miqdoridagi meros tegishi mumkinligi aytiladi. Buning uchun esa faqatgina bir necha ma'lumot yuborishingiz kifoya: ism-familiya, yashash manzili, telefon raqami va kasbingiz. Bir qarashda bu kutilmagan omaddek tuyulishi mumkin. Ammo tahlil shuni ko‘rsatadiki, bunday xatlar internetdagi eng eski va eng mashhur firibgarlik sxe
Aug 8


Tuyaqush yog‘i bo‘g‘im og‘rig‘i va radikulitni davolaydimi?
turli biologik faol mahsulotlar mo‘jizaviy davo sifatida targ‘ib qilinmoqda. Shunday reklamalardan biri “Uncha muncha” Telegram kanalida e’lon qilinib, unda tuyaqush yog‘i bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni bartaraf etishi, radikulitni davolashi, mushaklarni tiklashi hamda bo‘g‘imlar harakatchanligini yaxshilashi aytilgan. Ammo bu da’volar ilmiy dalillar bilan qanchalik tasdiqlangan? Da’vo Reklamaga ko‘ra, tuyaqush yog‘i: bo‘g‘im og‘rig‘ini yo‘qotadi; radikulitni davolaydi; mushakl
Aug 6


Tezlikni 80 km/soatdan ortiq oshirganlarning haydovchilik guvohnomasi bekor qilinadimi?
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, “Xokim buva!” Telegram kanalida “Tezlikni me'yordan 80 km/soatdan ortiq oshirganlarning guvohnomasi bekor qilinadi” degan xabar keng tarqaldi. Xabarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasiga tayanilib, tezlikni belgilangan me'yordan 80 km/soatdan ortiq oshirgan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi hamda katta miqdordagi jarimaga tortilishi aytilgan. Mazkur xaba
Aug 5


Katta Farg‘ona kanalida timsoh paydo bo‘ldimi?
2026-yil may oyida ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona magistral kanalida timsoh ko‘ringani haqidagi videolar tez tarqaldi. Videolarda suv yuzasida harakatlanayotgan noma’lum jonzot aks etgani aytilib, ayrim foydalanuvchilar uni timsoh deb baholadi. Xabarlar qisqa vaqt ichida minglab tomoshalar va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zi sahifalar esa vaziyatni yanada keskinlashtirib, kanal bo‘yida yashovchi aholini ehtiyot bo‘lishga chaqir
Aug 4


Janubiy Afrikadagi Fundudzi ko‘li suvi yopiq idishlarda yo‘qolib ketadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Afrikadagi Fundudzi ko‘lidan olingan suv namunalari yopiq idishlarda g‘oyib bo‘lib ketishi, ko‘lni ilmiy jihatdan o‘rganishning imkonsizligi hamda uning suvidan ichgan olimlar vafot etgani haqida da’volar tarqalmoqda. Muqaddas ko‘l va qadimiy afsonalar Fundudzi ko‘li Janubiy Afrikaning Limpopo provinsiyasida joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi yagona tabiiy chuchuk suv ko‘llaridan biri hisoblanadi. Ko‘l Venda xalqi uchun muqaddas maskan sanaladi va
Aug 4


Bobotog‘da anakonda va yo‘lbars pitonlari yashaydimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Bobotog‘ hududida ulkan anakondalar yoki yo‘lbars pitonlari (tiger python) yashashi haqida xabarlar va videolar tarqalmoqda. Ayrim postlarda bu ilonlar Bobotog‘ tog‘lari va uning atrofidagi hududlarda uchrashi aytiladi. Anakondalar qayerda yashaydi? Anakondalar (Eunectes urug‘iga mansub ilonlar) dunyodagi eng yirik ilonlardan biri hisoblanadi. Ular asosan Janubiy Amerikaning tropik hududlarida, xususan Braziliya, Venesuela, Kolu
Aug 4


1620-yilda tug‘ilgan akula topildimi? Ijtimoiy tarmoqlardagi viral da’vo tahlili
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda “1620-yilda tug‘ilgan Grenlandiya qutb akulasi topildi. Bu akulalar barcha mavjudotlardan uzoq umr ko‘radi va 120 yoshida ko‘payish yoshiga yetadi” degan iddaolar keng tarqalmoqda. Videolar odatda tomoshabinni hayratga soladigan tarzda taqdim etiladi: go‘yoki bugungi kunda okeanlarda hali ham XVII asr boshlarida tug‘ilgan akulalar suzib yuribdi. Ammo bu qanchalik haqiqatga mos? Da’vo qayerdan paydo bo‘lgan? 2016-yilda Science jurna
Aug 4


Coca-Cola ichimligiga OIV bilan zararlangan qon qo‘shib, odamlarga virus yuqtirishmoqda degan da’vo rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir yigit OIV (VICh) bilan kasallangan ikki qiz o‘z qonini Coca-Cola ichimligiga aralashtirib, yo‘lovchilarga “Ichsangiz 100 ming so‘m beramiz” deb taklif qilayotgani va shu yo‘l bilan odamlarni ataylab virus bilan zararlamoqchi bo‘layotgani haqida gapiradi. Video qisqa vaqt ichida ko‘plab foydalanuvchilar orasida tarqalib, xavotir va muhokamalarga sabab bo‘lgan. Biroq mazkur da’vo tekshirilganda, uning ishonchliligini tasdiqlovchi hech
Aug 2


“Ona Tereza — Vatikan qotili” degan da’vo rostmi?
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim bloglarda “Ona Tereza — Vatikan qotili” degan keskin da’vo tarqalmoqda. Ushbu iddao mashhur diniy arbob va insonparvarlik faoliyati bilan tanilgan Ona Terezani og‘ir jinoyatlarda ayblashga urinadi. Biroq mavjud tarixiy manbalar, sud hujjatlari va ilmiy tadqiqotlar bunday ayblovlarni tasdiqlamaydi. Mazkur da’vo tahlil qilinganda, unda haqiqiy faktlar, bahsli masalalar, shaxsiy qarashlar va tasdiqlanmagan ayblovlar bir-biriga aralas
Aug 1


⚡️ OMONAT KIBERXAVFSIZLIK: XAVF OSHAYAPTI, HIMOYA ESA YETARLI EMAS
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq jinoyatlar nafaqat ko‘paydi, balki jamiyat va iqtisodiyot uchun jiddiy tahdidga aylandi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi besh yil ichida kiberjinoyatlar soni 68 barobarga oshgan. Agar 2019 yilda 863 ta kiberjinoyat qayd etilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 58 800 taga yetgan. 2024 yilda mamlakat bo‘yicha jami 132 298 ta jinoyat sodir etilgan. Har 10 ming aholiga to‘g‘ri keladigan jinoy
Dec 15, 2025
bottom of page