700 ming sömlik dinozavr: haqiqatmi yoki uydirma?
Ijtimoiy tarmoqlarda hovlida yugurib yurgan kiçik dinozavrlar aks etgan video tarqaldi. Videoda kadr ortidagi ovoz uşbu jonzotlarni Instagram orqali topgani va har birini 700 ming sömdan sotib olganini aytadi. Ğayrioddiy lavha foydalanuvçilar orasida qiziqiş uyğotib, ayrimlarni dinozavrlarni haqiqatan ham sotib oliş mumkinmi, degan savolga undadi.
Hukm: YOLĞON
Factçecker.uz tahlil qildi.
Videoda kiçik dinozavrlar hovlida yugurib yurgani, atrof-muhit bilan özaro ta’sirlaşayotgandek körinişi tasvirlangan. Biroq bu lavha real hayotda olingan tasvir emas, balki sun’iy intellekt yordamida yaratilgan. Bugungi kunda sun’iy intellekt vositalari yordamida real hayotda mavjud bölmagan jonzotlar, ğayrioddiy hodisalar va turli vaziyatlarni aks ettiruvçi, haqiqiy videoga juda öxşaş lavhalar yaratiş mumkin. Bunday videolarda tasvir va harakatlar işonarli köringani sababli ularni haqiqiy tasvirlardan ajratiş qiyinlaşadi.
Şu bois ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har qanday noodatiy videoni tekşirmasdan turib haqiqat sifatida qabul qiliş töğri emas.
Tirik dinozavrlar mavjudmi?
Paleontologik ma’lumotlarga köra, quş bölmagan dinozavrlar taxminan 66 million yil avval, Bör davrining oxirida qirilib ketgan. Hozirgi ilmiy ma’lumotlarda ularni qayta tiriltiriş yoki qadimgi dinozavrlarni tirik holda sotiş imkonini beradigan tasdiqlangan texnologiya mavjud emas.
Şu bilan birga, zamonaviy quşlar evolyutsion jihatdan dinozavrlarning tirik avlodlari hisoblanadi. Biroq bu holat videoda tasvirlangan yirik yoki kiçik qadimgi dinozavrlar bugungi kunda tirik mavjud degani emas.
700 ming sömga dinozavr sotib oliş mumkinmi?
Videodagi “har birini 700 ming sömdan sotib oldim” degan gap lavhaning tomoşabinga ta’sirini kuçaytiruvçi hikoya sifatida berilgan. Biroq jonzotlar haqiqatan sotib olinganini tasdiqlaydigan işonçli dalil mavjud emas.
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videolarda real bölmagan voqealar xuddi kundalik hayotda sodir bölgandek körsatilişi mumkin. Şu sababli videodagi ovozli izoh yoki tasvirning özi voqea haqiqatan yuz berganini isbotlamaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “700 ming sömga tirik dinozavr sotib olindi” degan da’vo yolğon. Video sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bölib, undagi dinozavrlar haqiqiy emas.

