top of page


Amazonkada 30 metrlik ilon bormi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Amazonka daryosida bahaybat anakonda suzib yurgani, ayrim videolarda esa bir joyga to‘plangan ulkan ilonlar aks etgani tasvirlangan roliklar tarqalmoqda. Ulardan birida ilon vertolyotdan suratga olingandek ko‘rsatilgan. Videolar foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ayrimlar ularni haqiqiy deb qabul qilmoqda. Biroq videolarda aks etgan ulkan anakondalar haqiqatan ham mavjudmi? Ispaniyaning RTVE Verifica faktcheking xizmati 2025-yil 14-may kun


Okeanda ulkan shoxli dengiz maxluqi paydo bo‘ldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda kruiz kemasi yonida suv yuzasiga ulkan, shoxli maxluq chiqib kelayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Ayrim foydalanuvchilar uni okean qa’rida yashaydigan noma’lum jonzot sifatida taqdim etmoqda. Biroq bunday mavjudot topilgani haqida ishonchli ilmiy ma’lumotlar mavjud emas. Videoning asl manbasi hamda qachon va qayerda olingani hozircha aniqlanmagan. Tarqalgan lavhada kema palubasidagi odamlar dengizga qarab, telefonlariga tasvirga olayotgani, suvdan e


Qirg‘izistonda dinozavr bolalari sotuvga chiqarildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonda tirik dinozavr bolalari sotilayotgani haqida video tarqaldi. Unda tashqi ko‘rinishidan qadimgi sudralib yuruvchilarni eslatuvchi kichik, qora rangli mavjudotlar katak ichida don yeyayotgani aks etgan. Rolik muallifi ularning donasini ulgurji narxda 5 000 qirg‘iz somidan sotib olish mumkinligini va barcha hududlarga yetkazib berish xizmati mavjudligini aytgan. Videodagi tasvirlar foydalanuvchilarda hayrat uyg‘otishi mumkin. Biroq dinozavrla


«O‘zbekistonda hojatxonadan bahaybat ilon chiqdi» — rostmi yoki odamlarni qo‘rqitishga urinishmi?
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda hojatxona kosasidan katta ilon chiqib kelayotgani aks etgan video tarqaldi. Rolik «Shok xabar. O‘zimizda» degan yozuv bilan e’lon qilinib, go‘yoki hodisa O‘zbekistondagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgani haqida taassurot uyg‘otmoqda. Videoda hojatxona teshigidan yirik ilonning boshi va tanasining old qismi chiqib keladi. Jonivor atrofga qarab olgach, yana quvur ichiga kirib ketadi. Vahimali tasvir va «O‘zimizda» degan sarlavha foyd


Kuzda kobralar yerto‘laga kiradimi? Reklamadagi da’vo tekshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda kuz fasli boshlanishi bilan turli hasharotlar, sichqonlar va hatto ilonlar yerto‘lalarga kira boshlashi haqida reklama tarqalmoqda. Ayrim reklamalarda esa odamlarni qo‘rqitish uchun «kobra» so‘zidan ham foydalanilgan. Reklamada maxsus ishlov berish orqali uylarni sichqon, tarakan va ilonlardan himoya qilish mumkinligi aytiladi. Xo‘sh, bu gaplar qanchalik to‘g‘ri? Avvalo, O‘zbekistonda kobra uchrashi rost. Mamlakat hududida O‘rta Osiyo kobrasi (Naja oxi


Saxalin sohiliga “tarixdan oldingi hayvon” chiqib qoldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim internet sahifalarida Rossiyaning Saxalin oroli sohilida topilgan g‘alati dengiz jonzoti qoldiqlari aks etgan suratlar va videolar yana tarqalmoqda. Post mualliflari ushbu topilmani “tarixdan oldingi mavjudot”, “dinozavrlar davridan qolgan hayvon” yoki “olimlar ham aniqlay olmayotgan noma’lum jonzot” sifatida talqin qilmoqda. Qoldiqlarning tashqi ko‘rinishi haqiqatan ham odatiy dengiz hayvonlariga o‘xshamaydi. Ayniqsa, uzun tuklarga o‘xshash qopl


Katta Farg‘ona kanalida timsoh paydo bo‘ldimi?
2026-yil may oyida ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona magistral kanalida timsoh ko‘ringani haqidagi videolar tez tarqaldi. Videolarda suv yuzasida harakatlanayotgan noma’lum jonzot aks etgani aytilib, ayrim foydalanuvchilar uni timsoh deb baholadi. Xabarlar qisqa vaqt ichida minglab tomoshalar va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zi sahifalar esa vaziyatni yanada keskinlashtirib, kanal bo‘yida yashovchi aholini ehtiyot bo‘lishga chaqir


Janubiy Afrikadagi Fundudzi ko‘li suvi yopiq idishlarda yo‘qolib ketadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Afrikadagi Fundudzi ko‘lidan olingan suv namunalari yopiq idishlarda g‘oyib bo‘lib ketishi, ko‘lni ilmiy jihatdan o‘rganishning imkonsizligi hamda uning suvidan ichgan olimlar vafot etgani haqida da’volar tarqalmoqda. Muqaddas ko‘l va qadimiy afsonalar Fundudzi ko‘li Janubiy Afrikaning Limpopo provinsiyasida joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi yagona tabiiy chuchuk suv ko‘llaridan biri hisoblanadi. Ko‘l Venda xalqi uchun muqaddas maskan sanaladi va
bottom of page