top of page

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan dinozavr videosi rostmi?

13 minutes ago
1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda tirik dinozavr tasvirlangani aytilayotgan video e’tiborni tortmoqda. Kadrlarda velotsiraptorga öxşaş yirtqiç dinozavr tabiiy muhitda harakatlanayotgandek körinadi. Xöş, bu tasvirlar qançalik haqiqatga yaqin?

Ilmiy faktlar nima deydi?

Olimlarning tadqiqotlariga köra, quşlarga mansub bölmagan dinozavrlar taxminan 66 million yil avval, Bör davrining oxirida yuz bergan ommaviy qiriliş natijasida yöq bölib ketgan.

Buyuk Britaniya Tabiat tarixi muzeyi (Natural History Museum) ma’lumotlariga köra, uşbu hodisada dinozavrlarning aksariyati qirilib ketgan. Faqat ularning evolyutsion davomçilari hisoblangan quşlar bugungi kungaça saqlanib qolgan.

Demak, videoda körsatilgan velotsiraptorga öxşaş qadimgi yirtqiçning bugungi kunda tirik holda uçraşi haqidagi da’vo ilmiy dalillarga zid.

Taqdim etilgan tavsifga köra, videoda kompyuter grafikasi (CGI) yoki kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalaridan foydalanilgan bölişi mumkinligini körsatuvçi bir neçta belgilar mavjud.

Birinçidan, yoruğlik va soyalar mos emas. Dinozavr tasvirining ostidagi soyalar atrofdagi tabiiy obektlar soyalaridan farq qilişi grafik model qöşilganidan darak berişi mumkin.

Ikkinçidan, harakatlarda sun’iylik seziladi. Dinozavr modeli yer yuzasi, tuproq va ötlar bilan tabiiy fizik ta’sirga kirişmayotgani qayd etilgan. Bunday nomuvofiqliklar AR va CGI effektlarida uçraşi mumkin.

Uçinçidan, videoning mazmuni köngiloçar xarakterga ega. Kadrlardagi şaxsning hazilomuz izohlari ham tasvir jiddiy ilmiy kaşfiyot emas, balki ijtimoiy tarmoqlar uçun tayyorlangan kontent ekanini anglatadi.

Şu bilan birga, asl videofayl texnik ekspertizadan ötkazilmagani sababli aynan qaysi dastur yoki texnologiyadan foydalanilganini qat’iy aniqlaş imkoni yöq.

Xulosa: FEYK 

Videoda qadimgi yirtqiç dinozavrning tirik holda tasvirlangani haqidagi da’vo — yolğon. Ilmiy ma’lumotlar bunday dinozavrlar 66 million yil avval yöq bölib ketganini tasdiqlaydi. Videodagi tasvir esa kompyuter grafikasi yoki kengaytirilgan reallik texnologiyalari yordamida yaratilgan bölişi ehtimoli yuqori.



bottom of page