top of page

Alla Pugachyova vafot etgani haqidagi xabarlar rostmi?

4 hours ago
1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik xonanda Alla Pugachyovaning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Biroq ochiq manbalarda e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlar bu da’voni tasdiqlamaydi.

2026-yil 7-oktabr kuni Moskva 24 nashri 77 yoshli xonanda Kiprning Limassol shahrida ko‘ringani haqida xabar berdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bloger Yegor Vilms xonanda bilan uchrashib, uning suratlarini e’lon qilgan.

Bundan tashqari, 12-oktabr kuni Rossiyaning Fontanka nashri Pugachyovaning Kiprda muxlisi bilan tushgan yangi suratini e’lon qildi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, surat Limassoldagi kafeda olingan.

Avvalroq, 2026-yil 25-sentabrda UA News xonanda va uning 13 yoshli qizi Liza Germaniyaning Modern Talking guruhi sobiq solisti Tomas Andersning Kiprdagi konsertiga tashrif buyurgani haqida yozgan edi. Nashrga ko‘ra, Anders ular bilan uchrashuvdan so‘ng suratni Instagram sahifasida joylashtirgan.

Hukm: Yolg‘on. 

bottom of page