Polietilen paketlar haqiqatan ham saraton keltirib çiqaradimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda polietilen paketlar va plastik idişlardan foydalaniş saraton kasalligini keltirib çiqarişi haqidagi xabarlar tez-tez uçrab turadi. Ayniqsa, issiq non, somsa yoki taomlarni polietilen paketlarga soliş soğliq uçun xavfli ekani ta’kidlanadi.
Xöş, bu xavotirlar qançalik asosli? Plastik qadoqlardan foydalaniş haqiqatan ham saraton xavfini oşiradimi?
Asosiy da’vo: Polietilen paketlar saraton kasalligini keltirib çiqaradi.
Hukm: TASDIQLANMAGAN.
Buyuk Britaniyaning Cancer Researç UK saraton tadqiqotlari markazi ma’lumotlariga köra, plastik idişlar va qadoqlarda saqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qiliş insonlarda saraton kasalligini keltirib çiqarişi haqida işonçli ilmiy dalillar mavjud emas.
Ayrim kimyoviy moddalar plastik qadoqlardan oziq-ovqat mahsulotlariga ötişi mumkin. Bu jarayon kimyoviy migratsiya deb ataladi. Biroq moddalarning ajralib çiqişi ularning avtomatik ravişda inson salomatligiga zarar yetkazişi yoki saratonga sabab bölişini anglatmaydi. Bunda moddaning turi, miqdori va ta’sir davomiyligi muhim ahamiyatga ega.
Plastik qadoqlardan foydalanişda harorat muhim omillardan biridir. Issiqlik ayrim plastik materiallar tarkibidagi kimyoviy moddalarning oziq-ovqatga ötiş ehtimolini oşirişi mumkin. Biroq bu holatni töğridan-töğri saraton xavfi bilan boğlaş töğri emas. Har bir plastik mahsulotning tarkibi va foydalaniş xususiyatlari turliça.
Şu bois quyidagi tavsiyalarga amal qiliş maqsadga muvofiq:
Issiq taom va yangi pişirilgan nonlarni oziq-ovqat mahsulotlari uçun möljallangan qadoqlarga soliş;
Oziq-ovqat bilan aloqa qiliş uçun işlab çiqarilmagan texnik va xöjalik paketlaridan foydalanmaslik;
Plastik idişlarni mikrotölqinli peçda faqat bunday foydalanişga ruxsat berilgan bölsa qizdiriş;
Yeyiladigan mahsulotlarni uzoq vaqt davomida noma’lum tarkibli plastik idişlarda saqlamaslik.
Plastik paketlardan foydalanişni kamaytiriş zarurati faqat inson salomatligi bilan boğliq emas. Ularning atrof-muhitga ta’siri ham jiddiy muammolardan biridir. Plastik paketlar tabiatda boşqa organik çiqindilar kabi tez çirib ketmaydi. Quyoş nuri, şamol, suv va harorat ta’sirida ular vaqt ötişi bilan mayda bölaklarga parçalanadi. Biroq bu ularning tabiatdan butunlay yöqolişini anglatmaydi. Aksinça, plastik çiqindilar tobora kiçik zarraçalarga, jumladan, ölçami 5 millimetrdan kiçik bölgan mikroplastiklarga aylanadi.
Mikroplastiklar tuproq, suv va havoga tarqalişi, suv organizmlari tomonidan yutilişi hamda oziq-ovqat zanjiriga kirişi mumkin. Ularni atrof-muhitdan töliq yiğib oliş esa ança murakkab.
Şu sababli plastik paketlardan foydalanişni kamaytiriş, xarid vaqtida köp martalik matoli sumkalarni tanlaş, mavjud paketlarni qayta işlatiş va plastik çiqindilarni saralaş muhim hisoblanadi.
Mikroplastiklar inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi?
Sönggi yillarda mikroplastik zarraçalari inson qoni, öpkasi va boşqa töqimalarida aniqlanayotgani haqidagi ilmiy xabarlar köpaydi. Bu esa ularning inson salomatligiga ta’siri borasidagi tadqiqotlarga qiziqişni oşirdi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) mikroplastiklarning inson organizmiga ta’siri böyiça ilmiy ma’lumotlarni örganib kelmoqda. Mavjud tadqiqotlarda ayrim biologik özgarişlar, jumladan, yalliğlaniş va oksidlovçi stress bilan boğliq jarayonlar kuzatilgan.
IARCning 2024-yilda e’lon qilingan maslahat guruhi hisobotida mikro va nanoplastiklar ta’siri ham körib çiqilgan. Hujjatda ularning insonlarda yoki tajriba hayvonlarida saraton keltirib çiqarişiga oid dalillar mavjud emasligi qayd etilgan. Şu bilan birga, laboratoriya tadqiqotlarida ayrim biologik mexanizmlarga oid ma’lumotlar paydo bölayotgani ta’kidlangan. Demak, mikroplastiklarning uzoq muddatli ta’siri va insonlarda saraton rivojlanişidagi ehtimoliy roli hali qöşimça ilmiy örganişni talab qiladi.
«Polietilen paketlar saraton kasalligini keltirib çiqaradi» degan da’vo hozirgi ilmiy ma’lumotlar bilan tasdiqlanmagan. Biroq bu plastik mahsulotlardan istalgan şaroitda foydalaniş mumkin degani emas. Oziq-ovqat uçun möljallangan qadoqlarni tanlaş, ulardan belgilangan maqsadda foydalaniş va issiq mahsulotlarni noma’lum tarkibli paketlarga solmaslik muhim.
Şuningdek, plastik çiqindilarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytiriş uçun qayta foydalaniladigan matoli sumkalar va muqobil qadoqlaş vositalaridan foydalaniş maqsadga muvofiq.
Factçecker.uz tahliliga köra, polietilen paketlar saratonga sabab böladi degan da’vo ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan. Plastik çiqindilarning mikroplastiklarga aylanişi esa atrof-muhit uçun real muammo hisoblanadi.


