Ayollar avtohalokatlarda köproq halok böladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda ayollar avtomobil avariyalarida erkaklarga qaraganda köproq halok bölişi, bunga esa avtomobil xavfsizligi sinovlarida uzoq vaqt davomida erkaklar fiziologiyasi asos qilib olingani sabab bölişi haqida da’volar tarqalmoqda.
Haqiqatan ham, avtomobil xavfsizligi sinovlarida ayollar organizmining anatomik xususiyatlari yetarliça hisobga olinmayaptimi? Ilmiy tadqiqotlar bu borada qanday xulosaga kelgan?
Factçecker.uz uşbu da’voni örganib çiqdi.
2024-yil 12-fevralda PLOS ONE ilmiy jurnalida Mitçell Z. Abrams va Cameron R. Bass muallifligidagi «Female vs. male relative fatality risk in fatal motor vehicle craşes in the US, 1975–2020» nomli tadqiqot e’lon qilingan.
Unda AQŞda 1975–2020-yillar davomida sodir bölgan halokatli avtomobil avariyalari tahlil qilingan. Tadqiqotçilar yölovçilarning yoşi, avtomobildagi örni, transport vositasi turi, xavfsizlik kamaridan foydalaniş va xavfsizlik yostiqçasining işga tuşişi kabi omillarni hisobga olgan.
Natijalarga köra, 20–40 yoş oraliğidagi ayollarda halok böliş xavfi öxşaş şaroitdagi erkaklarnikiga nisbatan taxminan 20 foiz yuqori bölgan.
Xususan, 25 yoşli ayol yölovçilarning yengil avtomobil avariyalarida halok böliş xavfi 1975–2020-yillar davomida erkaklarnikiga nisbatan 20,1 foiz yuqori deb baholangan. 2010–2020-yillarda esa bu tafovut 11,7 foizni taşkil etgan.
Bu yerda muhim jihat bor: 11,7 foizlik körsatkiçni faqat ayol haydovçilarga tegişli deb talqin qiliş notöğri. Tadqiqotdagi uşbu natija haydovçi va oldingi yölovçi örinlari böyiça amalga oşirilgan taqqoslaşga asoslangan.
Avtomobil xavfsizligi sinovlarida erkaklar asosiy mezon bölganmi?
Tadqiqot mualliflari avtomobil xavfsizligini baholaşda uzoq vaqt davomida örtaça gavdali erkakni ifodalovçi manekenlardan asosiy model sifatida foydalanilganini qayd etadi.
Avtomobil töqnaşuv sinovlarida qöllanadigan maxsus manekenlar inson tanasiga tuşadigan zarba kuçi va ehtimoliy jarohatlarni baholaş uçun xizmat qiladi.
AQŞda xavfsizlik sinovlarida 50-persentil erkak manekeni hamda 5-persentil kiçik gavdali ayol manekeni qöllanadi. Biroq örtaça gavdali ayolning anatomik xususiyatlarini ifodalovçi maneken amaldagi majburiy töqnaşuv sinovlari talablarida mavjud emas.
NHTSA ma’lumotlarida ayollar fiziologiyasini ifodalaş uçun işlatiladigan quyidagi manekenlar keltirilgan:
Hybrid III — böyi taxminan 150 santimetr, vazni 49 kilogramm bölgan kiçik gavdali ayol manekeni.
SID-IIsD — böyi taxminan 150 santimetr, vazni 44 kilogramm bölgan kiçik gavdali ayol manekeni.
Uşbu manekenlar turli xil töqnaşuv sinovlarida qöllanadi. Demak, ayollar uçun möljallangan manekenlar umuman mavjud emas, degan fikr notöğri. Muammo şundaki, sinovlarda ayollarning turli tana tuzilişi va anatomik xususiyatlari töliq qamrab olinmagan.
Anatomik farqlar jarohatlaniş xavfiga ta’sir qiladimi?
Ayol va erkak organizmi örtasidagi böy, vazn, tana proporsiyalari va boşqa anatomik farqlar töqnaşuv vaqtida jarohatlaniş xususiyatlariga ta’sir qilişi mumkin.
Avvalgi ilmiy izlanişlarda ham ayollarning ayrim turdagi jarohatlarga, jumladan, pastki tana qismlari şikastlanişiga köproq moyilligi qayd etilgan.
Biroq Abrams va Bass tadqiqoti ayollar va erkaklar örtasidagi xavf tafovutini faqat biologik yoki anatomik farqlar bilan izohlamaydi. Tadqiqotçilar bir qator omillarni hisobga olganidan keyin ham ayrim yoş guruhlarida ayollarning halok böliş xavfi yuqoriroq ekanini aniqlagan.
Şu sababli uşbu tafovutning barça sabablarini aniqlaş uçun qöşimça ilmiy tadqiqotlar zarur.
Örganilgan ilmiy manbalar ayrim yoş guruhlarida ayollarning halokatli avariyalarda halok böliş xavfi erkaklarnikiga nisbatan yuqoriroq ekanini körsatadi. Şuningdek, avtomobil xavfsizligi sinovlarida örtaça gavdali ayol anatomiyasini ifodalovçi manekenning majburiy sinov talablarida mavjud emasligi ham e’tiborga molik muammo hisoblanadi.
Biroq ayollarning avtohalokatlarda köproq halok bölişiga aynan erkaklar fiziologiyasiga asoslangan xavfsizlik sinovlari sabab bölmoqda, degan xulosaga keliş uçun yetarli ilmiy dalil mavjud emas. Bunda avtomobil konstruksiyasi, inson anatomiyasi, xavfsizlik tizimlari va boşqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.
Factçecker.uz xulosasi: HAQIQAT.
Ilmiy tadqiqot ayrim yoş guruhlaridagi ayollarda halok böliş xavfi yuqoriroq ekanini tasdiqlaydi. Avtomobil xavfsizligi sinovlarida ayollarning anatomik xususiyatlarini töliq hisobga oliş borasida ham muammolar mavjud. Biroq yuqoriroq xavfning yagona sababi erkak fiziologiyasiga asoslangan sinovlar ekani isbotlanmagan.
Şirmonoy Ikromova
