top of page
Oxirgi yangiliklar


Madina osmonida quşlar muqaddas sözlarni yozgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonining Madina şahridagi Masjidi Nabaviy osmonida quşlar tödasi arabça yozuvlar va turli geometrik şakllarni hosil qilib uçayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Ayrim foydalanuvçilar uşbu tasvirlarni «möjiza» sifatida talqin qilib, ularni keng tarqatmoqda. Biroq videolarning vizual xususiyatlari bunday tasvirlar haqiqiy voqeani aks ettirayotgani haqidagi da’voga şubha uyğotadi. Faktçeking tahliliga köra, roliklar kompyuter grafikasi yok


Makkada bangladeshlik er-xotin o‘pishgani uchun qatl etildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonida Umra ziyoratiga kelgan bangladeshlik yosh er-xotin Haram hududida o‘pishgani uchun qatl etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Postlarda ular to‘ydan keyin ziyoratga kelgani, o‘lim jazosiga hukm qilingani va Bangladesh hukumati bu haqda oldindan xabardor qilinmagani aytiladi. Makkada o‘pishgani uchun qatl etilgan bangladeshlik juftlik haqidagi xabarlar rostmi? Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonining Makka shahrida Umra ziyoratiga kel


Amazonkada 30 metrlik ilon bormi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Amazonka daryosida bahaybat anakonda suzib yurgani, ayrim videolarda esa bir joyga to‘plangan ulkan ilonlar aks etgani tasvirlangan roliklar tarqalmoqda. Ulardan birida ilon vertolyotdan suratga olingandek ko‘rsatilgan. Videolar foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ayrimlar ularni haqiqiy deb qabul qilmoqda. Biroq videolarda aks etgan ulkan anakondalar haqiqatan ham mavjudmi? Ispaniyaning RTVE Verifica faktcheking xizmati 2025-yil 14-may kun


Sent-Xelens vulqoni qulagani aks etgan video AI yordamida jonlantirilganmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda «Tog‘ bir necha soniyada g‘oyib bo‘ldi» sarlavhasi ostida tarqalayotgan videoda ulkan tog‘ yonbag‘rining qulab tushishi va osmonni chang buluti qoplashi aks etgan. Ayrim foydalanuvchilar bu tasvirni tarixiy videoyozuv sifatida taqdim etmoqda. Factcheck: hodisa haqiqiy, ammo tarqalgan videoning ayrim versiyalari sun’iy intellekt yordamida qayta ishlangan. 1980-yilda sodir bo‘lgan vulqon otilishi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq tarixiy fotosuratlarn


Okeanda ulkan shoxli dengiz maxluqi paydo bo‘ldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda kruiz kemasi yonida suv yuzasiga ulkan, shoxli maxluq chiqib kelayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Ayrim foydalanuvchilar uni okean qa’rida yashaydigan noma’lum jonzot sifatida taqdim etmoqda. Biroq bunday mavjudot topilgani haqida ishonchli ilmiy ma’lumotlar mavjud emas. Videoning asl manbasi hamda qachon va qayerda olingani hozircha aniqlanmagan. Tarqalgan lavhada kema palubasidagi odamlar dengizga qarab, telefonlariga tasvirga olayotgani, suvdan e


Alla Pugachyova vafot etgani haqidagi xabarlar rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik xonanda Alla Pugachyovaning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Biroq ochiq manbalarda e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlar bu da’voni tasdiqlamaydi. 2026-yil 7-oktabr kuni Moskva 24 nashri 77 yoshli xonanda Kiprning Limassol shahrida ko‘ringani haqida xabar berdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bloger Yegor Vilms xonanda bilan uchrashib, uning suratlarini e’lon qilgan. Bundan tashqari, 12-oktabr kuni Rossiyaning Fontanka nashri Pugachyovanin


Qirg‘izistonda dinozavr bolalari sotuvga chiqarildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonda tirik dinozavr bolalari sotilayotgani haqida video tarqaldi. Unda tashqi ko‘rinishidan qadimgi sudralib yuruvchilarni eslatuvchi kichik, qora rangli mavjudotlar katak ichida don yeyayotgani aks etgan. Rolik muallifi ularning donasini ulgurji narxda 5 000 qirg‘iz somidan sotib olish mumkinligini va barcha hududlarga yetkazib berish xizmati mavjudligini aytgan. Videodagi tasvirlar foydalanuvchilarda hayrat uyg‘otishi mumkin. Biroq dinozavrla


«O‘zbekistonda hojatxonadan bahaybat ilon chiqdi» — rostmi yoki odamlarni qo‘rqitishga urinishmi?
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda hojatxona kosasidan katta ilon chiqib kelayotgani aks etgan video tarqaldi. Rolik «Shok xabar. O‘zimizda» degan yozuv bilan e’lon qilinib, go‘yoki hodisa O‘zbekistondagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgani haqida taassurot uyg‘otmoqda. Videoda hojatxona teshigidan yirik ilonning boshi va tanasining old qismi chiqib keladi. Jonivor atrofga qarab olgach, yana quvur ichiga kirib ketadi. Vahimali tasvir va «O‘zimizda» degan sarlavha foyd
bottom of page





