top of page

Sog‘bonda to‘yxona yondimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.






Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Olmazor tumanida joylashgan Sog‘bon ko‘chasidagi "Joziba" to‘yxonasi yonganligini haqida shov-shuvli xabar tarqatishdi. 15 avgust kuni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.


Ma’lum bo‘lishicha Sag‘bon ko‘chasida joylashgan 278-sonli quvvati 630 kVa bo‘lgan transformator butkasi atrofida aholi tomonidan to‘plangan chiqindi uyumida yong‘in kelib chiqqan.


Natijada transformatordan chiquvchi kabel tarmog‘ida ham yong‘in kelib chiqishi oqibatida 80ga yaqin xonadon elektr quvvatisiz qolgan.


Ayni paytda kelib chiqqan yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hozirda elektr energiyasidan uzilgan xonadonlarni zaxira tarmoqlari orqali qayta elektr energiyasiga ulash choralari ko‘rilmoqda.


Kelib chiqqan yong‘in transformatorga zarar yetkazmagan.




Ammo yong‘in sabablari yanada chuqurroq o‘rganilgan. Toshkent shahar elektr tarmoqlarining ikkinchi marotaba bergan rasmiy munosabatida boshqacharoq ma'lumot berilib, unga ko‘ra “yong‘in sodir bo‘lgan hududda kuzatuv kameralar tekshirilgan. Kuzatuv kameralaridan olingan videoda yosh bolalarning gugurt bilan o‘ynashi natijasida ushbu holat kelib chiqqani ma’lum bo‘lgan.


Faktcheсker xulosasi: qisman rost

Comments


bottom of page