top of page

ZOMINDA BO‘RILAR QO‘YLAR VA ChO‘PONNI G‘AJIB KETIShDI

Zomin tumanining Yom qishlog‘ida bo‘rilar qo‘ylar va cho‘ponni dalada g‘ajib ketgani haqida xabar tarqaldi: "Zomin Yom qishlog‘ida bu‌rilar qo‘yxonaga kirgan. Kechasi qo‘ylarning shovqin -so‘ronini eshitib, cho‘pon qo‘yxonaga kirsa, bo‘rilar cho‘ponga tashlanib, tashqariga, ya'ni dalagacha tortib kelib cho‘ponni yeb tashlagan. Bo‘rilar yirtqich hayvon! Cho‘pon ehtiyot chorasini ko‘rishi shart bo‘lgan. Oxirati obod bo‘lsin, ayanchli! Ammo, aqlli bo‘la turib bo‘risifat odamlardan asrasin. Bo‘rilar hayvon bo‘lgani, odamni o‘ldirgani uchun javob bermaydilar, ammo odamlar bo‘rilarni o‘ldirsa, javob berishlari shart! Farqi, ular yovvoyi hayvonlar, o‘z nomi bilan, bizlar esa ongli odamlarmiz!

Shuning uchun bo‘rilarni ongsizlarcha qirish shart - degani emas!!"

Factcheckker.uz ma’lumotlarni tekshirib ko‘rdi.

O‘ldirilgan hayvonlarning suratlari Rossiyaning Tambov viloyatidagi Kirsanov va Umet o‘rtasidagi qishloqqa 15 ta bo‘ri kirgani, ulardan 8 tasi ovchilar tomonidan otib o‘ldirilgani, 7 ta bo‘ri qochib ketgani haqidagi iddaolar ham Rossiya matbuotida chop etilgan. Xabarda Kirsanov va Umet aholisi allaqachon odamni o'ldirgan bo'rilar hujumi xavfi haqida ogohlantiriladi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Kaliniskiy viloyati ommaviy axborot vositalarida erkakning g‘ajilgan tanasi tasvirlangan surat chop etilgan. Xabarda shunday deyilgan: “14 yanvar kuni Kalinin tumanida Juravlevka va Jumaylovka qishloqlari orasidagi dalada erkakning jasadi topildi. O‘shanda uning jasadi allaqachon yovvoyi qushlar va qarovsiz itlar tomonidan kemirilgan va uning suyaklarini shoqollar yegan bo‘lishi mumkin" .

Boshqa xabarda " Marhum qo‘shni Masenkovskiy qishlog‘ida yashovchi 47 yoshli Aleksey bo‘lib chiqdi", deb xabar beradi Kub Mash. U 7 yanvar kuni yo‘qolgan. Kalinin tumani hokimiyati jurnalistlarga bu vaqt davomida hech kim bu odamni qidirmaganini aytgan. Uning jasadi tasodifan topilgan”.

Vaziyatni Tambov viloyati Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining hayvonot dunyosi va ularning yashash joylarini muhofaza qilish, koʻpaytirish va ulardan foydalanish boshqarmasi boshligʻi Aleksey Sokolov izohladi:

“Vazirlikimizga yovvoyi hayvonlarning odamlarga hujumi haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmadi. Shuningdek, ovchilar yoki boshqa manbalarda bo‘rilar hujumi haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. O‘tgan yili ham, bu yil ham Tambov viloyatida yovvoyi hayvonlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar kuzatilmagan. Yovvoyi hayvonlar olingan ro‘yxatga ko‘ra, hududimizda taxminan 4 ta bo'ri bor, aslida esa ularning soni butun mintaqada 15 dan ortiq emas. Ular guruh bo‘lib harakat qilishmaydi. Bo‘rilar asosan Morshanskiy va Pichaevskiy tumanlari o'rmonlarida tarqalgan. Shuning uchun mintaqamizda bo'rining odamga hujum qilish ehtimoli yuqori emas.

Bu soxta xabarni tarqatganlar o‘lgan odamning suratini Krasnodar o‘lkasidagi ommaviy axborot vositalaridan biridan olib qo‘ygan ko‘rinadi. U erda, shu yilning yanvar oyi o'rtalarida Juravlevka va Jumaylovka qishloqlari orasidagi bir insonning jasadi topilgani aytiladi. Avvaliga Kuban aholisi ham odamni yovvoyi hayvonlar o'ldirgan deb taxmin qilishdi, ammo ma'lumot tasdiqlanmadi, chunki jasad yonida bo'ri izlari bo‘lmagan. Bundan tashqari, bo'ri, har qanday yovvoyi hayvon kabi, agar u hayvonning hayotiga xavf tug'dirmasa, odamga hujum qilmaydi va odatda odam bilan uchrashishdan qochishga harakat qiladi ", dedi Aleksey Gennadievich.

Factchecker.uz o‘z navbatida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini tekshirmasdan yolg‘on ma’lumot tarqatmaslikni so‘raydi.

Factchecker.uz hukmi: yolg‘on

Comments

bottom of page