Toshkentda “dom”da yashovchilar qo‘shnisi qarzdor bo‘lsa issiqlik ta’minotidan uzilishi haqidagi xabarlar yolg‘on
- nqosimova2012
- Feb 10
- 1 min read
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli uylarda yashovchilar qo‘shnilarining qarzi tufayli issiqlik ta’minotidan uzilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Biroq, Veolia Energy Tashkent kompaniyasi bu da’volarni rad etib, rasmiy bayonot berdi:“Qo‘shnilarning qarzi tufayli kommunal xizmatlarning o‘chirilishi haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.”

Kompaniyaning ta’kidlashicha, har bir iste’molchi shartnoma asosida individual ravishda xizmatlardan foydalanadi va boshqa fuqarolarning qarzi sababli issiqlikdan uzilmaydi.
Shuningdek, Veolia Energy Tashkent aholining tashvishiga e’tibor bilan yondashishini va issiq ta’minotni barqaror va uzluksiz yetkazib berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Kompaniya fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga ishonishga va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatishdan saqlanishga chaqiradi.
“Birgalikda shahrimizda qulay yashash sharoitlarini yaratamiz,” deyiladi kompaniyaning rasmiy bayonotida.