top of page

Toshkent hayvonot bog‘idagi fil Putri o‘lib qoldimi?

Ijtimoiy tarmoqlar hamda Telegram messenjeridagi kanal va guruhlarda Toshkent hayvonot bog’ida filga “кириешки” qadog’ini berishgan. Fil yoqimli hidga uchib, uni yeb yuboribdi. Hozir uning ahvoli qandayligi haqida ma’lumot yo’q degan xabarlar tarqaldi.



 Toshkent hayvonot bog‘i bosh veterinar vrachi Mahmud Kuzibaevning xabar berishicha, ayni damda fil veterinariya mutaxassislari doimiy nazoratida, ularning maqsadi uning salomatligi va farovonligini nazorat qilish. Tasodifan paketni yutib yuborganiga qaramay, fil odatdagi xatti-harakatlarini namoyon qilmoqda va oziqlanishni davom ettirmoqda.

"16-mart kuni hayvonot bog‘ida bir hodisa yuz berdi, tashrif buyuruvchilar Putri filining volyeri ichiga axlat - paket tashladilar va u uni yutib yubordi. Odatda, iste’mol qilingan ovqat 24-51 soat ichida tanadan chiqarilib yuboriladi. Hayvonlarga qoldiqlar yoki boshqa begona narsalar ichlariga tushishi xavfli ekanligini eslatib o’tamiz. Iltimos, hayvonot bog’i qoidalariga rioya qiling va hayvonlarning volyerlari ichiga axlat yoki ularga zarar yetkazadigan narsalarni tashlamang.



 Hayvonot bog’ida hayvonlarga g’amxo’rlik qilish nafaqat ularga munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, balki ularning sog’lig’i ustidan veterinariya nazoratini ham o’z ichiga oladi. Fil hayvonot bog’i xodimlaridan zarur oziqlanish, g’amxo’rlik va e’tiborni oladi, bu uning farovonligiga hissa qo’shadi. Hayvonlarimiz xavfsizligi va farovonligini saqlashdagi e’tiboringiz va hamkorlikingiz uchun tashakkur!", deb yozadi hayvonot bog‘i matbuot xizmati o‘zining Telegramdagi rasmiy kanalida.


Factchecker.uz xulosasi: yolg'on


Comentários


bottom of page