top of page

Selofandan guruch ishlab chiqarilayaptimi?


Ijtimoiy tarmoqlarda "Mana isboti selofanni gruchga aylantirishmoqda" sarlavhasi ostidagi video xabar tarqaldi. Unda "Bozorlarda Xitoyda ishlab chiqarilayotgan sintetikdan (selofan paket, eski-tuski baklashkadan) tayyorlanadigan guruchlar kirib kelmoqda. Yaqinlarga yuborib xabardor qilib qo‘yinglar va tarqatinglar" deb yoziladi.


Guruch, aslida sog’lom ovqatlanish hamda faol hayot kechiruvchilar uchun ajoyib ozuqa hisoblanadi. Shu sababli biz yuqoridagi xabarning qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini o‘rgandik.


Aslida sun'iy guruchlar yo‘q emas, albatta bor. Sun'iy guruch iste'mol uchun yaroqli bo‘lib, ekstruder uskunasi yordamida tayyorlanadi. Sun'iy boyitilgan guruchning ko‘rinishi oddiy guruchdan deyarli farq qilmaydi hamda selofan paketlaridan tayyorlanmaydi. Bu kabi guruchga makkajo‘xori, tariq, bug‘doy, jo‘xori, soya, kraxmalli vitamin, ozuqa moddalari (kaltsiy, rux, temir, va boshqalar) qo‘shiladi.


Sun'iy guruch tayyorlash uchun, ekstruder uskunalari ishlab chiqaradigan "Sunpring" Koreya kompaniyasi, o‘zining rasmiy saytida bergan ma'lumotga ko‘ra sun'iy boyitilgan guruchning ozuqaviy qiymati oddiy guruchdan 5-10 baravar ko‘pdir.


Aslida siz video xabarda ko‘rgan guruch tuzilishiga o‘xshash maxsulot polietilen granulasi hisoblanadi. Bunday granulalar chiqindiga tashlanib qayta ishlangan polietilen paketlaridan tayyorlanadi.


Polietilen granularidan;

-suyuqlikni qadoqlash uchun sanoat qoplarini ishlab chiqarishda;

-umumiy maqsadlarda foydalaniladigan plyonka ishlab chiqarishda;

-gaz quvurlari ishlab chiqarishda;

-bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan katta diametrli quvurlar ishlab chiqarishda;

-drenaj (kanalizatsiya) quvurlari ishlab chiqarishda;

-qoliplash yo‘li bilan olinadigan (idishlar, qutilar) mahsulotlar ishlab chiqarishda;

-yoqilg‘i idishlari ishlab chiqarishda;

-qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan idishlar, yoqilg‘i baklari va baliqlar uchun maxsus idishlar ishlab chiqarishda;

-sanoat chelaklarini ishlab chiqarishda;

-sport anjomlari, himoya vositalari ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida foydalaniladi.

O‘zbekistonda ham "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJda xalqaro va milliy talablarga javob beradigan, yuqori sifatli polietilen (PE) granulalari ishlab chiqariladi. Bunday granulalarga bozorda katta talab bor.





5 views

Comments


bottom of page