11 noyabr kuni O‘zbekiston 24 teleradio kompaniyasining rasmiy telegram kanalida Rossiyada o‘rmon yonida ishlaydigan migrantlarga ayiq hujum qilib, bir mexnat muxojiriga hamla qilgani haqida habar tarqaldi. Habar matni quyidagicha: “#Daxshat Rossiyada o‘rmon yonida ishlaydigan migrantlarga ayiq hujum qilib, bir odamni g‘ajib tashladi. Ayiq ishchilar vagonlari oldiga kelgan va bir odamni g‘ajib tashlagan. Ko‘pchilik tomosha qilib turgan, ayiqni yoniga hech kim bora olmagan. Oxiri ayiq ortga ketgan va 3-4 soatdan so‘ng ovchilar kelib, ayiqni otib o‘ldirishgan. Rossiyadagi musofirlarni Alloh o‘zi saqlasin!”
Factchecker.uz mazkur habarni shubha ostiga oldi va tekshirdi. Bunga sabab, so‘nggi paytlari migrantlar bilan bog‘liq ko‘plab yolg‘on xabarlar internetda tarqalmoqda.
Rossiyaning Izvestiya saytining yozishicha, voqea Yakutiyada sodir bo‘lgan.
Ayiq Chayandin neftigazkondensat qazib olish konida sodir bo‘lgan. Ikki ishchi (migrant emas) itlarning vovullaganini eshitib, tashqariga chiqishgan. O‘sha payti yirtqich ularga tashlangan. Boshqa ishchilar xamkasblarini qutqarmoqchi bo‘lishgan, ammo buni darhol uddalay olishmagan. Ayiq qochib ketgan, ammo keyinroq ovchilar tomonidan otib o‘ldirilgan. Jabrlanganlar turli xil jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketilgan.
Factchecker.uz hulosasi: Rost 50%