Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu mazmundagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmagan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan loyihalarga tizim tomonidan avtomatik ravishda tegishli identifikatsiya (ID) raqami beriladi va ushbu ID raqam havolada aks etadi.
Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi”ni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga tizim tomonidan 83183 ID raqami berilgan va bu tegishli havolada ham aks etgan.
Ijtimoiy tarmoq kanallari yurituvchilaridan yolg‘on va noxolis, tekshirilmagan axborotlarni jamoatchilikka tarqatish orqali fuqarolarimizda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.
Factchecker xulosasi: yolg‘on
Comments