top of page

O‘zbekistonda ulkan ilonlar yashaydimi?

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida, xususan, YouTube kanallaridan birida 15 metrlik ilon Nurota togʻlarini kezib yurganligi



Jizzax qirlarida cho‘ponlar 3 metrdan ortiq ilonning dam olib yotganini


ko‘rganligini , Qoraqalpog‘istonda anakonda ushlanganligi



 haqida maʼlumotlar tarqalmoqda.

Iqlimi mu'tadil bo‘lgan O‘zbekistonda ulkan ilonlar yashashi  mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Zoologiya institutining kichik ilmiy xodimi, gerpetolog Timur Abduraupovning fikriga ko‘ra, ulkan ilonlar O‘zbekiston sharoitida yashay olmaydi.



- Mamlakatimizda uzunligi ikki metrdan ortiq ilonlar yashay olmaydi. Chunki bizda qish fasli bor. Sudralib yuruvchilar sovuqqa chidamsiz bo‘lgani bois sovuq kunlari ular yer ostiga yashirinishadi va uyquga ketishadi. Ulkan hajmdagi ilonlar uyquga keta olmaydi. Chunki ularning tanasi buning uchun ulkan hajmdagi kislorodni yutishi kerak. Ilonlar uyquga ketganida metabolizmi sustlashadi, mushaklari o‘rtasidagi kislorod almashinuvi ham sekinlashadi. Shu sababli o‘lkamizdagi ilonlarning hajmi uncha katta bo‘lmaydi. O‘zbekistonda uzunligi 10 metr, 15 metr ilonlar borligi haqidagi uzunquloq gaplar qulog‘imga chalinadi. Ammo bularning barchasi afsonadir.

Jizzaxda suratga olingan videoga kelsak, bu oddiy gyurza. Hajmi ham uncha katta emas. Videoda ilon kattalashtirgan holda olingan. Uning katta emasligini, ilon atrofida  o‘sayotgan o‘tlardan ham bilsa bo‘ladi.   

Oʻzbekistonning tog‘, qir va yaylovlarida ilonlar koʻp uchraydi.

 Agar biror kishi tasodifan ularni bosib olsagina u chaqishi mumkin. Aks holda, hech qachon ilon birinchi bo‘lib odamga tashlanmaydi!  Shu sababli ilonlarni o‘ldirmaslik kerak. Ular juda ham foydali jonivorlardir va asosan kemiruvchilar bidan oziqlanishadi”, - dedi gerpetolog.

 

Faktcheсkker xulosasi: yolg‘on

Comments


bottom of page