O‘zbekiston va Rossiya ommaviy axborot vositalarida o‘zbek olimlari kovidga qarshi pomidor-vaksina yaratilgani haqida yoza boshlashdi. Shveysariya ilmiy-tadqiqot jurnali Frontiersda e'lon qilingan maqolaga ko‘ra, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi, Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan pomidor asosida TOMAVAC deb nomlangan COVID-19 ga qarshi vaktsina yaratishdi.
O‘zbekistonlik olimlar koronavirusning S1 antigen oqsilini kodlovchi gen bo‘lagini maxsus vektorlarga kiritib, uni pomidor hujayralari genomiga integratsiyalashdi. Bu hujayralardan S1 antigen oqsilini ko'paytiruvchi pomidor olindi. Natijada, bu o'simliklardan olingan pomidor mevalari barqaror antijenik protein S1ni sintez qilishlari ko'rsatildi va yangi TOMAVAC vaktsinasi yaratildi. Vaksina dastlab sichqonlar va ko‘ngillilar ustida sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqotlar Genomika va bioinformatika markazining Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan. Yesa bo‘ladigan vaktsina COVID-19 ga qarshi ikki darajadagi himoyani ta'minlaydi.
Olimlar uni yaratish ustida 2021 yilning yanvar oyidan beri ishlayotgan edi.
Factchecker.uz hukmi: haqiqat