top of page

Johnson & Johnson ishlab chiqarayotgan chaqaloq kukuni saratonga olib keladi 


Ijtimoiy tarmoqlarda “Johnson & Johnson” bolalar kukuni saraton kasalligiga sabab bo‘lishi haqida xabar paydo bo‘ldi. Roskachestvo portaliga ko'ra, Johnson & Johnson 2023 yildan boshlab talk asosidagi bolalar kukuni ishlab chiqarishni to'xtatishini e'lon qildi. Bunga uning tuxumdon saratonini keltirib chiqarishi bilan bog‘liq o‘n yilga cho‘zilgan sud jarayoni sabab bo‘ldi. Johnson & Johnson o'z mahsulotlarida talk ishlatilgani bo'yicha sudda yutqazdi.




Endi kompaniya dushdan keyin talk ishlatgan amerikalik ayolga 110 million dollar to‘lashi shart. Bu kompaniyaga qarshi da'volarning yangi to'lqinini keltirib chiqarishi mumkin. ma'lumotlarga ko'ra, rivojlangan mamlakatlarda yashovchi ayollarning 40 foizi gigienik maqsadlarda kukunni ishlatish odatiga ega.Endi kompaniya dushdan keyin talk ishlatgan amerikalik ayolga 110 million dollar to‘lashi shart. Bu kompaniyaga qarshi da'volarning yangi to'lqinini keltirib chiqarishi mumkin. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, rivojlangan mamlakatlarda yashovchi ayollarning 40 foizi gigienik maqsadlarda kukunni ishlatish odatiga ega. Buning sababi uning tuxumdon saratonini keltirib chiqarishi bo‘yicha  o'n yilga cho‘zilgan sud jarayoni edi. Kompaniya endi kukun таркибидаги talkни makkajo'xori kraxmali bilan almashtirмоқчи. 



Talkning o'zi xavfli emas, lekin ko'pincha talk ishlab chiqariladigan xomashyo tarkibida kanserogen asbest mavjud. Talk kukuni asosan magniy va silikatlardan tashkil topgan tabiiy mineralni maydalash orqali olinadi. Talk ham, asbest ham bir xil joylarda va bir xil konlarda uchraydi.

Talkning (aniqrog'i, undagi asbestнинг) xavfi haqida дастлабки ma'lumotlar 1970-yillarda paydo bo'lgan. 1976 yilda AQSh oziq-ovqat va farmatseфtika agentligi (FDA) kosmetika mahsulotlarida asbestni taqiqladi.

Amerika Saraton Jamiyati ayollarda тадқиқот o'tkaziб, kosmetik talk ҳамда tuxumdon saratoni xavfi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqladi. Talk o'z ichiga olgan mahsulot  jinsiy a'zolar hududida qo'llanilganda, kukun zarralari a'zoga, so'ngra fallop naychalari va tuxumdonlarga kiradi.

Ushbu muammoga bag'ishlangan илк tadqiqot 1971 yilda o'tkazilgan. Keyin olimlar talk zarralari ayolning tuxumdonlari va bachadonida shish paydo bo'lishiga olib kelishi mumkinligini aniqladilar. 1982 yilda o'tkazilgan tadqiqot, talk kukuni  va tuxumdon saratoni o'rtasidagi bog'liqlikni aniqladi. O'shandan beri o'nlab tadqiqotlar bu bog‘liqlikni tasdiqlaб келади.

1972 yildan 1975 yilgacha J&J kukunlarini sinovdan o'tkazgan mustaqil laboratoriyalarning hisobotlari asbestning yuqori konsentratsiyasini ko'rsatdi, ammo kompaniya natijalarni nazorat qiluvchi organlardan yashirgan.  

Tovar mahsulotlarini ishlatish bilan bog'liq saraton kasalligi haqidaги shikoyatlar 20-asrning oxirida boshlangan. Илк da'vo ҳам ўзи, ҳам болалари мунтазам талк ишлатган amerikalik uqalovchidan келиб тушган. Biroq етарли dalil yo‘qligi боис бу ish yopigan.

Qizig'i shundaki, talk bolalar mahsuloti sifatida sotilishiga qaramay, uндан катталар ҳам faol фойдаланади.



2006 yilda JSST kosmetikada ishlatiladigan talk kanserogen bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi.  U gigienik vosita  sifatida ishlatilganda tuxumdon saratoniga olib kelishi mumkin.

Talk yetkazib beruvchi Luzenac America Inc. kuknning xavfi haqida  J&J va boshqa mijozlarni xabardor qilgandan so'ng, talkning kanserogenligi haqidagi ma'lumotlar iste'molchilar orasida tarqala boshladi. Shundan so‘ng kukun sotuvi biroz pasaydi, ammo o'sha paytda ham kukun tarkibini o'zgartirish o'rniga kompaniya sotishni har tomonlama rag'batlantirishni boshladi. AQSh va Lotin Amerikasida  reklama kampaniyalari o'tkazildi.

2013 yilda talk va tuxumdon saratoni o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha tadqiqotlar  nashr etildi. Unga ko'ra, talk kukunini ayollar ishlatsa, kasallik xavfi 20-30% ga oshadi. Biroq, ba'zi tadqiqotlar bu bog‘liqlikni rad etadi, shuning uchun kukundagi talkning zarari aniq isbotlanmagan, deydi Chexiya iste'molchi tashkiloti DTest mutaxassislari.

Biroq, Reuters agentligining xabar berishicha, 2022 yilga kelib Jonson & Jonson kompaniyasi mahsulotiga qarshi asosan tuxumdon saratoni yoki mezoteliomasi (kamdan-kam uchraydigan turdagi) bilan kasallangan ayollardan 38 ming da'vo to'plangan.

2020 yilda Jonson & Jonson mahsulotlariни AQSh va Kanadaga etkazib berish to'xtatildi. Hozir kompaniya talk asosidagi kukun ishlab chiqarishdan butunlay voz kechdi va 2023 yildan boshlab kukunни asosiy komponent sifatida makkajo'xori kraxmalidan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini bildirdi.

Talkka muqobil sifatida makkajo'xori kraxmalining xavfsizligi haqidagi xabar  2000 yilda Amerika akusherlik va ginekologiya jurnali tomonidan e'lon qilingan. Bundan tashqari, kraxmal biroz boshqacha tuzilishga ega va nafas olayotganda unchalik xavfli emas. Yangi tarkibdagi bolalar kukunining tarkibi takomillashtirildi va endi talk tarkibida xavfli aralashmalar mavjud emas, deb xabar beradi Ispaniyaning OCU iste'molchi tashkiloti.

J&Jning ta'kidlashicha, qolgan sud jarayonlari mezotelioma deb ataladigan noyob saraton kasalligi bilan bog'liq va ular rejadan tashqarida ko'rib chiqiladi.

Da'vogarlarning ma'qullanishini kutayotgan kelishuv J&J kompaniyasiga LTL Management sho'ba korxonasi uchun uchinchi bankrotlik to'g'risidagi ariza berish orqali da'volarni hal qilish imkonini beradi. Sudlar J&Jning kompaniyaning talk ishlab chiqarish bo'yicha majburiyatlarini to'lash uchun yaratilgan sho''ba korxonani bankrot deb topish yo'li bilan da'volarni hal qilish bo'yicha oldingi ikki urinishlarini rad etdi.

J&J sud jarayonini butunlay tugatadigan va kelajakdagi da'volarning oldini oladigan bankrotlik to'g'risidagi kelishuvni  qo'llab-quvvatladi.

 2023-yilning iyul oyida hakamlar hay’ati Johnson & Johnson’ga kompaniya mahsulotlaridan foydalanish tufayli saraton kasalligiga chalinganini da’vo qilgan kaliforniyalik Emori Ernandes Valadezga 18,8 million dollar to‘lashni buyurgan edi

J&J xolding kompaniyasi boʻlib, butun dunyo boʻylab 250 dan ortiq shoʻba korxonalari mavjud. U farmatsevtika, gigiena vositalari va tibbiy asboblar ishlab chiqarishni ham  oʻz ichiga oladi.

 

Factchecker.uz hulosasi: haqiqat

 

Comentários


bottom of page