Ijtimoiy tarmoqlarda, “Oqqo‘rg‘onda 13 ta eshak ichak chavoqlari va suyaklari tashlab ketilibdi” mazmunidagi xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi, Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman bo‘limi, Ichki Ishlari bo‘limi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va mahalla raisidan tashkil topgan xodimlar voqea joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib borishibdi. Bu haqida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganish davomida Oqqo‘rg‘on tumani Qo‘rg‘ontepa MFY Baxmal qishlog‘idan oqib o‘tgan Tosh kanal bo‘yiga eshakning suyaklari qoldiqlarini tashlab ketilgani aniqlandi.
Aniqlanishicha eshak suyaklari qoldiqlari Ohangaron tumanidan olib kelinganligi aniqlangan. Tegishli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida Ohangaron tumani G‘alaquduq MFY Baxmal qishlog‘ida joylashgan eski fermer xo‘jaligi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tadbir davomida sanitariya talablarga javob bermagan holatda saqlangan hayvon suyaklari ya’ni eshak hayvoni kalla suyagi va terisi borligi aniqlangan.


Mahsulot bo‘yicha Davlatga veterinariya nazorati Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan tegishli ma’lumotnoma olingan va barcha holatlar hujjatlashtirilgan.
Jarayonda fermer xo‘jaligi hududida 25 bosh tirik eshak saqlanayotgani aniqlangan. Nazorat tadbir davomida hudud zudlik bilan dezinfeksiya qilingan va hayvon suyaklari zararsizlantirib yo‘q qilingan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha 1965-yilda tug‘ilgan shaxs va uning 2 nafar o‘g‘li ishga gumondor sifatida jalb qilingan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.