top of page

Jizzaxda ayiq cho'ponning ko'z o'ngida qo‘ylarni yeb tashladi — rasmiy tasdiq yo‘q

  • Dec 9, 2025
  • 1 min read

"Ayiq cho‘ponni ko‘z o‘ngida qo‘ylarini yeb tashladi 😱😱 Holat Jizzax viloyatida bo‘lganligi aytilmoqda".

Teleqram Yulduzlari kanalida tarqalgan video odamlarni ogohlantirishga qaratilgan. Ammo hozirgi paytda tasdiqlangan va tekshirilgan manbalar mavjud emas. Ushbu xabar faqat ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va virusli videolarda tarqalgan. Rasmiy organlar, OAV yoki mustaqil manbalarda bu voqea haqida hech qanday tasdiqlovchi ma’lumot topilmadi. Shuningdek, mazkur xabar Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi, Shuningdek,Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ham o‘z tasdig‘ini topmadi. Tarqalgan video va xabarlar ko‘pincha senzatsion yoki virusli kontentga o‘xshaydi. Cho‘ponning ismi, joyi va sanasi ko‘rsatilmagan, bu esa xabarni tekshirilmagan hikoya sifatida ko‘rsatadi.

Oxirgi 10 yil ichida viloyat bo‘yicha arxivlar va rasmiy hisobotlarni tekshirish natijasida mazkur xabar tasdiqlanmadi.


Faktcheсker.uz xulosasi: yolg‘on

bottom of page