Hindistonning Ahmadobod shahrida Gujarat universiteti yotoqxonasida namoz o‘qigani uchun O‘zbekiston, Bangladesh va Afg‘oniston talabalari hujumga uchradi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib, The New Indian Express xabar berdi.
“Hodisa 16-mart kuni soat 22:50 atrofida Gujarat universitetining (hukumat tasarrufidagi) yotoqxonasida yuz bergan. Yigirmaga yaqin odam bostirib kirib, xorijlik talabalarning muassasada namoz o‘qishiga e’tiroz bildirgan”, — dedi politsiya komissari Malik.
Ammo O‘zbekiston TIV rahbari matbuot kotibi voqeada O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmaganini ma’lum qildi.
Voqea haqida mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib The New Indian Express xabar bergandi. Unga ko‘ra, 16-mart kuni soat 22:50 atrofida Gujarat universiteti yotoqxonasiga yigirmaga yaqin odam bostirib kirib, xorijlik talabalarning muassasada namoz o‘qishiga e’tiroz bildirgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Gujarat universitetidagi holatda mamlakatimiz fuqarolari ishtirok etmagan”, — deya ma’lum qildi Ahror Burhonov.
Uning bildirishicha, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasida konsullik ro‘yxatida turgan talabalar orasida Gujaratda o‘qiyotganlar mavjud emas. O‘zbekistonlik talabalardan hozirgacha diplomatik vakolatxonaga hech qanday murojaat kelib tushmagan.
Hindistonning tegishli davlat idoralari bilan ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida yaqin aloqa o‘rnatilgan.
Faсtcheсker xulosasi: klikbeyt