top of page

Fotofakt: Qiz baliqdan homilador bo‘ldi

 


O‘zbek ijtimoiy tarmoqlarbda “baliqdan homilador” qizning surati paydo bo‘ldi.

Factchecker.uz ushbu faktni tekshirishga qaror qildi. Xabarda aytilishicha, "qiz bola hayz paytida dengizda cho‘milayotganda tasodifan baliqdan homilador bo'lib qolgan".



Suratdagi qiz Filippin orollaridagi Bakkakay shahridan 17 yoshli Kimberli ekanligi aniqlandi. Uning qorni yetti oydan beri o‘sib, o‘tgan vaqt ichida u 10 kilogrammga semirgan. Uning oilasi qiz yigitini yashirmoqda, deb o'ylagan, ammo Kimberli o'zini himoya qilib, uning hatto do'stlari ham yo'qligini aytgan. Bundan xabar topgan, qo‘shnilar, ya'ni Albay provinsiyasi aholisi 17 yoshli qiz baliqdan homilador bo‘lgan, deb ishonishmoqda. Chunki, bu orollarning aholisi hayz paytida ayollar okeanda yoki hatto daryolarda cho‘milmasliklari kerak, deb ishonishadi. Cho‘milish uchun ular hayzning tugashini kutishlari lozim. Filippinning KMJS telekanali hayz paytida okeanda suzish kasallikka olib kelishi mumkinligini aholiga ko‘rsatuvlari orqali tushintirishga harakat qiladi. Ammo ko‘pchilik xurofotga berilgan holda, o‘z ayollariga suzishni taqiqlashadi.


Aytgancha, Kimberli qorin bo'shlig'ini ultratovush tekshiruvidan o'tkach, u erda baliqqa o'xshash jonzotni topishdi.


Albatta, bu yangilik shahar aholisini faqat shu haqda gapirishga majbur qildi!


Ammo boshqa shifokor qizni tekshirib ko‘rgach, Kimberlida aslida tuxumdon kistasi borligini aniqladi. U shahar aholisining hafsalasini pir qilib, odamning oshqozonida ham, ayol qornida ham tirik baliq bo'lishi mumkin emasligini aytishdi.


Kimberli endi operatsiya qilinishi kerak. Agarda qiz qornidan kista olib tashlanmasa, u yorilib, Kemberliningt hayoti xavf ostida qolishi mumkin.


Xulosa Factchecker.uz: yolg‘on

147 views
bottom of page