Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda tez yordam mashinasi qoplar to‘la piyoz olib ketmoqda” fotosurat keng tarqaldi.
Respublika tez tibbiy yordam markazining rasmiy munosabatida xabar berilishicha,
mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli.
Klinika vakillarining izohlashicha, ushbu tadbirkorlik sub'ektiga qarashli xo‘jalik avtomashinasi harakatlanish chog‘ida yo‘lda buzilib qolgan, oqibatda yukni manzilga yetkazish uchun fotosuratda aks etgan transport vositasidan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.
Ammo tez tibbiy yordam mashinalarining asosiy vazifasi bemorlarni tashish emasmi? Piyoz hidi o‘tirib qolgan mashinada zo‘rg‘a nafas olayotgan bemor qanday nafas olib, shifoxonaga yetkaziladi? Nahotki, Respublika tez tibbiy yordam markazi bunday mashinalarning ichi steril holatda bo‘lishi lozimligini bilmasa?
Faсtcheсker xulosasi: rost