OAVda havoda muallaq turgan darveshning surati tarqaldi.
Ammo ular qanday qilib erga tegmasdan havoda turishi mumkin?
Bu suratlar haqiqiymi yoki soxtami?
Factchecker.uz buni aniqlashga qaror qildi.
Havoda suzuvchi haykallar alohida qiziqish uyg'otadi. Ular nazarimizda tortishish kuchini inkor qilishadi.
2018-yilda Buxoroning eski qismida havoda suzuvchi olim paydo bo‘ldi.
Keyinchalik, suzuvchi darvesh paydo bo‘ldi. Attraksion katta shuxrat qozonib, sayyohlarni o‘ziga jalb qildi.
Shuni inobatga olgan holda ushbu turdagi yana ikkita attraksion ishga tushirildi: suzuvchi alloma (olim) va muallaq darvesh. Attraksionlarning muvaffaqiyati turistik marshrutlar bo'ylab interaktiv o'yin-kulgilar umumiy sayohat tajribasiga ijobiy ta'sir etishini ko'rsatdi.
"Tirik haykallar" qanday havoda muallaq qola olishadi?
Ma'lum bo'lishicha, haykalning qo'lidagi og'ir metall hassa tagiga mahkam yopishtirilgan taglik bo‘ladi. Yana bir tayoq uning yengi ichidan o‘tadi- bu o'rindiq
yoki zinapoyaga biriktirilgan armatura-ramkadir. Muallaq tirik haykalning kiyimi doimo keng va ko‘p qavatli bo‘lishining sababi ham shunda, kiyim yashirin konstruksiyani yopib turadi.
Albatta "tirik haykallarning" ishi oson emas - harakatsiz turish yoki bir necha soat qimirlamay o'tirishning o‘zi bo‘lmaydi. Tanani boshqarish, og‘riqlarga dosh berish, qalin kiyim ostida havo yetishmasligi yoki sovuq kunlari sovuqqa chidash hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Suzayotgan olim, darvesh loyihasi O‘zbekiston Turizm davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan.
“Atraksionlarning muvaffaqiyati turistik yoʻnalishlar boʻylab joylashgan interaktiv koʻngilochar tadbirlar umumiy sayohat tajribasiga ijobiy taʼsir koʻrsatayotganidan dalolat beradi, shu bois Davlat Turizm qoʻmitasi sayyohlar uchun koʻproq turli koʻngilochar tadbirlar yaratishni tavsiya qiladi”, — deyiladi Turizm davlat qoʻmitasi xabarida.
O‘zbekiston hukumati boshqa mashhur sayyohlik shaharlarida ham shunday attraksionlarni yaratish niyatida. Keyingi “uchar” qahramon Xoja Nasriddin bo'lishi mumkin.
Factchecker.uz xulosasi: fotofeyk