top of page

Endi soxta tabiblar javobgarlikka tortiladimi?

Zamonaviy tibbiyot ilmiy asoslangan va klinik amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan natijalarga suyansa, xalq tabobati uzoq yillik kuzatuv, sinov va tajriba samaralariga tayanadi.

Biroq so‘nggi vaqtlarda tegishli huquqqa ega bo‘lmasdan, ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash bilan shug‘ullanayotgan hamda bu orqali insonlar sog‘lig‘i va hayotiga xavf tug‘dirayotgan soxta tabiblar ko‘payayotgani achinarli.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tabib Mala Ali Kurdistoniy O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida ko‘plab postlar paydo bo‘ldi. Ammo ba'zi oydalanuvchilar uning firibgarligini isbotlashga harakat qilishsa ham, Iroqning Kurdiston mintaqasidan kelgan, odamlarni davolashini da'vo qiladi. Hatto SPID va Saraton (rak) kasalliklarini ham davolashini da'vo qilgan Mala Aliga ishonuvchilar ko‘plab topildi.



Aslida "pokistonlik bemorlarni qayerdandir topib, ularni bedavo dardlardan davolangani e'lon qiladi. Koʻzi koʻrlarning koʻzini ochishini, karlarning qulogʻini ochishini davo qiladi.

Firibgarligi isbotini topgach Iroq hukumati uni qoʻlga olish va jinoiy javobgarlikka tortish qarorini chiqaradi. Javobgarlikka tortilishdan qo'rqqan "tabib" Saudiya Arabistoniga koʻchadi. U yerda ham qaysidir pokistonlikning koʻzini ochgabi haqida video tarqaydi. "Koʻzi ochilgan koʻr" aslida koʻr boʻlmagani fosh boʻladi. Natijada Saudiya hukumati mashhur "tabib"ga nisbatan firibgarlik boʻyicha jinoiy ish ochadi va uni Saudiyadan deport qiladi.

Endi bizning vatanga qadam bosiboq qilgan "karomatini" koʻring. Hassada kelgan bir ayolni hassaga tayanib emas, qoʻlidan ushlab yurgizadi va karomat qilganini davo qiladi. Oʻylab koʻring, hassaga tayanib yura olgan odam boshqasining qoʻlini ushlab yura oladi. Endi buni "karomat" qilib koʻrsatib, koʻtar-ko'tar qilish toʻgʻrimi?!

Goʻyo Qur'ondan oyat oʻqigandek boʻlib, odamlarni chalgʻitishga harakat qiladi".


Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi direktori Jamshid Mirrahimov turli yo‘llar bilan odamlar ishonchiga kirib, shunday “xizmat”larni taklif qilib kelayotgan ayrim shaxslar haqida quyidagicha munosabat bildirdi:


— Ijtimoiy tarmoqlar bu kabi shubhali xizmatlarni keng targ‘ib qiluvchi platformaga aylanib qoldi, — deydi mutaxassis. — Ularning asosiy auditoriyasi ham, mijozlari ham asosan og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz.

Turli xastaliklardan tez, oson, asoratsiz, muhimi, tabiiy yo‘l va uy sharoitida xalos bo‘lishni istaganlar “g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega”ligini iddao qilayotgan bunday kimsalarga murojaat qilib, aldanib qolishmoqda. Masalan, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim kasalliklarni davolashda chuvalchang isteʼmol qilish foydali ekanligini targ‘ib qiluvchi videolavhalar tarqaldi.


Unda xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan “tabib” tomonidan odamlarni o‘z tavsiyalariga ishontirish uchun tirik holatdagi chuvalchangni isteʼmol qilib ko‘rsatishi aks etgan. Avvalo, bunday xatti-harakat sanitariya holatiga zid. Qolaversa, ushbu “davolash usuli” tabobatda ham, zamonaviy tibbiyotda ham asoslanmagan. Videodagi jonzot yer chuvalchangi yoki yomg‘ir chuvalchangi deb ataladi. U tuproqdagi har xil parazit va mikroelementlar bilan organizmga tushgach, turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.


Keyingi yillarda davlat tomonidan xalq tabobati rivojiga keng yo‘l ochilganidan foydalanib, shaxsiy manfaat ilinjida soxta tavsiyalar bilan odamlarni aldash calbiy asoratlarni yuzaga keltirishini eslatib o‘tmoqchimiz. Shu bois mazkur masala bo‘yicha qonunchilikka alohida javobgarlik kiritish taklif etilmoqda.


Maʼlumot uchun: ayni paytda yurtimizda 100 ta tadbirkorlik subyektiga xalq tabobati yo‘nalishida faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalar berilgan.


Factchecker.uz xulosasi: qisman rost

105 views

コメント


bottom of page