top of page

Endi radardan kelgan jarimani bitta telefon orqali o‘chirtirsa bo‘ladimi?



Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan "Endi radardan kelgan jarimani bitta telefon orqali o‘chirtirsa bo‘ladi" sarlavhali xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.


Toshkent shahar YHXB Ekspluatatsiya-montaj bo‘limi dispetcherlik xizmatining 71 294 29 82 telefon raqami fuqarolarga ishlamayotgan svetoforlar, o‘chib ketgan (noto‘g‘ri chizilgan) yo‘l chiziqlari, to‘silib qolgan (noto‘g‘ri o‘rnatilgan) yo‘l belgilari singari yo‘ldagi kamchiliklarga duch kelgan taqdirda murojaat qilishlari uchun joriy etilgan.




"Ijtimoiy tarmoqlardagi jurnalist va blogerlar, shuningdek, Telegram kanal adminlaridan asoslantirilmagan yolg‘on xabarlar bilan tarmoq foydalanuvchilarini chalg‘itmasliklarini so‘raymiz", deydi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Matbuot xizmati.


Feruzbek Sayfullayev

3 views
bottom of page