Ijtimoiy tarmoqlar hamda Telegram messenjeridagi kanal va guruhlarda Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida afg‘on harbiy vertolyoti urib tushirilganiga oid xabarlar tarqatilmoqda.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra o‘zbek harbiylari tomonidan urib tushirilgan Afg‘oniston samolyoti O‘zbekiston havo hududiga kirib kelgan.
Urib tushurilgan uchoq Tolibon armiyasining Mi-17 harbiy vertolyoti bo‘lgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot Mozori Sharifdan Afg‘oniston Badaxshoni tomon uchgan. U qanday qilib O‘zbekiston havo hududiga kirib qolgani hozircha aniq emas. Vertolyot bortida 15 dan ortiq odam bo‘lgani aytilmoqda.
Ammo mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.
"Shuni ma’lum qilamizki, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz. Asoslanmagan yolgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz", deydi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Factchecker.uz xulosasi: yolg'on