Payme P2P o‘tkazmalar komissiyasini ogohlantirmasdan oshirdi: rasmiy saytda esa eski tarif qolmoqda
- Наргис Косимова
- Dec 15, 2025
- 1 min read

Bir nechta mustaqil axborot manbalari va yaqin kunlarda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Payme to‘lov tizimi P2P (karta-dan-karta) o‘tkazmalar uchun komissiyani 1%dan 1,1%ga oshirgani haqida ma’lumotlar bor. Bu o‘zgarish foydalanuvchilar oldindan ogohlantirilmasdan joriy etilgani jamoatchilikda muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
• Ilgari 1% komissiya olingan bo‘lsa, hozir ushbu xizmat uchun 1,1% komissiya undirilayotgani qayd etilmoqda.
• Payme rasmiy veb-saytida (https://help.payme.uz/uz/chavo/komissii/)
hanuzgacha komissiya 1% sifatida ko‘rsatilgan (amaldagi holat bilan solishtirilganda ma’lumot yangilanmagan).
• Payme qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘liq manba ma’lumotlariga ko‘ra, tariflardagi bu o‘zgarishlar joriy etilganiga ma’lum vaqt bo‘lgan, biroq foydalanuvchilarga oldindan rasmiy xabarnoma yuborilmagan.
Hozircha Payme tomonidan P2P o‘tkazmalar komissiyasi oshirilgani yuzasidan rasmiy press-reliz yoki ommaviy bildirishnoma e’lon qilinmagan. Shunga qaramay, bir qator axborot manbalarida komissiya 1%dan 1,1%ga ko‘tarilgani va bu o‘zgarish mijozlar uchun oldindan e'lon qilinmagani haqida ma'lumotlar mavjud.


