"Musodara tovarlar” telegram guruhida qimmat tovarlar yarmidan ham past narxiga yoki hammasi o‘ta past narxga sotilishi ko‘rsatilgan. Bu firibgarlikning yangi turi bo‘lib, unda shaxsi nomaʼlum kimsalar musodara qilingan tovarlar nomi bilan guruh ochib, o‘ta arzon narxlar bilan sodda odamlarni jalb qilishadi. Ularning qarmog‘iga ilingan insondan o‘sha tovar uchun oldindan pul o‘tkazishni yoki plastik maʼlumotlarini, keladigan SMS-kodni so‘rashadi. Pul o‘tkazganidan so‘ng esa yo‘qolib qolishadi. Yoki o‘zlari pulingizni yechib olishadi.
Qo‘shimchasiga guruhiga odam yig‘ib, uning nomini o‘zgartirib boshqa maqsadlarda foydalanishadi. Telegram guruhning profiliga kirib ko‘rilsa, asosan adminlar tirik odamlar emas, balki botlar ekanligini ko‘rish mumkin yoki telegram guruhni ochgan shaxs o‘z profilini uni topa olmasliklari uchun bot yoki boshqa nom bilan ochgan.
Bunday arzongarov yolg‘onlarga ishonmang, bunaqa narxdagi mahsulotlar bo‘lganida telegramga qo‘yilmasdan sotilib ketgan bo‘lardi. Keyin musodara qilinadigan tovarni telegram guruh yuritadigan firibgarlar emas, Bojxona Qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan "Bojxona-servis” amalga oshiradi.
Factсheсker.uz xulosasi: firibgarlik
Comments