top of page

Markaziy bank ogohlantiradi

⚡️Hozirgi kunda firibgarlarning internet tarmogʻidan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qoʻngʻiroq qilish holatlari kuzatilmoqda. Bunda firibgarlar Markaziy bank xodimi sifatida oʻzini tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda.



🔸Bundan tashqari, firibgarlar Telegram ijtimoiy tarmogʻida Markaziy bank nomidan ochilgan “Markaziy_Banki_uz” soxta kanalida fuqarolarga onlayn kreditlar taklif etib, ularning bank kartalariga oid maʼlumotlarini qoʻlga kiritish orqali bank kartasidagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari kuzatilmoqda.




🔹Markaziy bank bu kabi xabar va foydalanuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yoʻqligini maʼlum qiladi.



Markaziy bank fuqarolarga quyidagi maʼlumotlarni eslatib oʻtadi:

▪️Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi va moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanmasligini yodda tuting.

▪️Fuqarolardan ushbu xabarlarga eʼtibor qaratmaslik va bank kartalari maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslik soʻraladi.

▪️Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida regulyatorning tarmoqlardagi verifikatsiyalangan sahifalaridan foydalanish tavsiya etiladi.


Factchecker.uz xulosasi: firibgarlik

Comments


bottom of page