"Qaraqalpaqstan ekologiyası" Telegram kanalida e'lon qilingan "Cho‘l burgutiga GPS datchik o‘rnatilib, 20 yillik uchish marshrut sxemasi tekshirilganda, burgut har yili Makka va Madina shaharlariga uchib borishi va Haj qilishi aniqlangan" deb e'lon qilingan ma'lumotni tahlili.
Ushbu shubhali xabar internet tarmoqlarida bir necha yillardan beri aylanib, minglab insonlarning bahs-munozaralariga sabab boʻlmoqda. Rasmlarning notoʻgʻri talqin qilinishi chalkashliklarga olib keldi, natijada mavhum boʻlgan "burgutning 20 yillik kuzatuvi" nomli postlar haligacha turli xil xabar sifatida tarqalmoqda.
Rossiyalik ornitolog Yelena Shnayder yolgʻon xabarlar ortida turgan haqiqatga oydinlik kiritdi. U o‘zining facebook sahifasida bu xabarlar Feyk ekanligini bildirib, suratlarni quyidagicha izohlaydi.
Xaritadagi chizmalar 2018-yilda (Aquila nipalenis) turiga mansub 20 ta dasht burgutlariga o‘rnatilgan GPS ma'lumotlaridir. Burgutlar migratsiyasi Markaziy Osiyo hududlarida GPS qurilmasini qushlarga o‘rnatish orqali o‘rganilgan. Har bir siyohrang chiziq, 20 ta Qozog‘iston dasht burgutlarining 8 oydan 10 oygacha bo‘lgan harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi".
Burgutlarning ba'zilari Saudiya Arabistoni yoki Afrikada o‘lgan, qolganlari Markaziy Osiyoga qaytib kelgan. Bitta o‘lgan burgut jasadini Saudiya Arabistonlik bola topib olgan. Shu kungacha turli xabarlar bilan talqin qilinayotgan suratlar aynan shu bola tomonidan tarqatilgan. Aslida bu tasvirlar bitta burgutga tegishli emas.
Faсtcheсker xulosasi: feyk