So‘nggi kunlari Telegram foydalanuvchilarining profillarini buzib, xakkerlar banklardan “NBU bank yoki SQB banki aksiya o‘tkazadi. Har kim o‘z yangi ilovasini o‘tkazsa pul oladi. Yangi Xalq banki ilovasini o‘rnating va kartangizga 1500 000 so‘p pul oling. Men o‘rnatdim va oldim” kabi xabarlar kelmoqda.
Mazkur xabarlar fpk zip faylda yuboriladi. Ho‘sh, APK qanday format? Bu Android asosidagi boshqa bir qator operatsion tizimlar uchun arxivlangan bajariladigan dastur fayllari formati. Har bir Android ilovasi barcha dastur kodlarini (.DEX fayllari), resurslarni, aktivlarni, AndroidManifest.xml faylini va mahalliy kutubxonalarni (jniLibs) o'z ichiga olgan yagona faylga kompilyatsiya qilinadi va paketlanadi. Ilova fayli .APK formatda bo'ladi.
Ushbu kengaytmali fayllar ilovalar do‘konlarida saqlanadi (masalan, Google Play, Huawei AppGallery, F-Droid, Amazon Appstore va boshqalar) va undan foydalanish uchun smartfon yoki planshet kompyuterga yuklab olinadi yoki foydalanuvchi tomonidan qo‘lda o‘rnatiladi.
Ushbu formatdagi fayllar shifrlanmagan va ZIP arxiv formatining quyi to'plamidir.
"Uchinchi tomon" manbalaridan APK fayllarni o'rnatish ma'lum bir xavf tug'dirishi mumkin: ko'plab saytlar mashhur ilovalar va o'yinlarning bepul qaroqchi versiyalari uchun APK fayllari ko'rinishida tarqatiladi, ularga pullik premium SMS yuborish kabi zararli funktsiyalar qo'shiladi. Natijada telefon yeki komp'yuterga yuklangan fayl ma'lumotlarni o'g'irlash, qurilmani shifrlash, kuzatish kabi xavfli virusni sizning qurilmangizga kirgizadi.
Albatta bundan bexabar telegram foydalanuvchilari faylni ochib, undagi havolaga kiradi. Havolada karta ma'lumotlaringizni kiritishingiz kk bo‘ladi. Ba'zilar kartaga tegishli shaxsiy ma'lumotlarini kiritishadi, soddaligidan hatto telefoniga kelgan KOD nomerini ham kiritadi. O‘sha zahotiyoq firibgar kartangizga dostup oladi va bor pullaringizni yechadi. Puli yo‘q bo‘lsa, mablag‘ tushadigan paytni kutadi. Agar kartangiz ma'lumotlarini bilmasdan notanish havolaga kiritgan bo‘lsangiz, bankka murojaat qilib, kartani bloklash kerak.
Afsuski, firibgarlarning iziga telegram orqali tushib bo‘lmaydi. Faqat karta o‘tkazmalari orqali ularni topish mmkn. Shu kabi holatga duch kelsangiz albatta, ichki ishlar bo‘linmasining kiberjinoyatga qarshi kurashish bo‘limiga murojaat qiling. Buning uchun 10raqamga telefon qilib, bo‘lim xodimlari bilan ulab berishni so‘rash lozim.
Unutmang, tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi!
Factchecker.uz. xulosasi: firibgarlik
Commenti