top of page

Maktab o‘quvchisi "Lava Lava" ichimligidan zaharlandimi?


"Moskvada 12 yoshli oʻsmir maktabda “Lava Lava” choyi ichimligi sotib olgan va oradan maʼlum vaqt oʻtgach, toʻsatdan kasal boʻlib qolgan. Oʻqituvchilar maktabga tez yordam chaqirishgan. Eslatib oʻtamiz, yaqinda Oʻzbekistonda "Lava Lava" mahsulotlari sotuvga chiqarildi", deyiladi xabarda.


Factchecker.uz xabarlarni o‘rgandik.


"Shot_shot" telegram kanalining yozishicha Levoberejniy tumanidagi 1250-sonli maktab o’quvchisi, 12-yoshli o‘quvchi, kasal bo‘lib qolgan. U Rossiyalik bloger Vlad Bumaga reklama qilgan ichimlikdan sotib olgan. Ammo ichimlik idishi ichida kimyoviy tozalovchi vosita bo‘lgan. Maktab o‘qituvchilari o‘quvchining ahvoli yomonlashgach, tez yordam chaqirishgan. O‘smirga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u avvalroq maktab oshxonasidan "Lava Lava" ichimligi sotib olganini, ichimlikni tatib ko‘rgach, o‘zini yomon his qilganini aytgan.


Tekshiruvlar natijasida ma'lum bo‘lishicha, 1250-sonli maktab oshxonasi xodimlari bir shisha "Lava Lava" ichimligi idishiga "Progress" tozalash vositasi solib qo‘yishgan va tasodifan bolaga sotib yuborishgan. Ichimlikdan zaharlangan bolaning onasi maktabga chaqirilgan. Ayol bolasi o‘zini yaxshi his qilayotgani sabab uni kasalxonaga yotqizishdan bosh tortib uyiga olib ketgan.



Ichimlikdan yana ikki maktab o‘quvchisi ichgan. Ular ham kasalxonaga yotqizilmagan. Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, maktab o‘quvchisi rossiyalik bloger Vlad Bumaga reklama qilgan "Lava Lava" ichimligidan emas, balki ichib bo‘lingan ichimlik idishiga solib qo‘yilgan "Progress" tozalash vositasini ichib zaharlangan. Qolgan maktab o‘quvchilari qanday zaharlangan degan savol tug‘ilishi mumkin? Albatta bu savolning javobi barchaga qiziq. Ichimlikdan birinchi ichib ko‘rgan o‘quvchi unga ta'mi yoqmaganligi sabab tengdoshlariga ham ichib ta'mini his etib ko‘rishga bergan. Ular ham "Progress" tozalash vositasini ichib zaharlangan.


Factchecker.uz xulosasi: Shubhali xabar

bottom of page