Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxlik Asal ismli qizchaning «Rasm #18 Bolalar urushga qarshi» format A3. Boshlang‘ich bahosi : 50 ming so‘m. ( Iltimos 🙏🏻 rasm va uning bahosini muhokama qilmang!😊 Bu rasmlarni bola chizgan. Unutmang, siz savob ish qilmoqdasiz!💝) Karta raqami 8600 0329 4956 3761 Savollar va xarid bo‘yicha onamning shaxsiy akkauntiga yozing: @bonyaaa13" degan xabari turli xil muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimdir qizaloq orqasidan oilasi odamlarni aldab, daromad ko‘rayotganini bildirgan bo‘lsa, kimdir rasmlar sotuvidan tushgan mablag‘ hech qanday savobli ishga sarflanmaganligini yozib, shubha bildirgan.
Factchecker.uz mazkur xabarni tekshirib ko‘rdi.
Jizzax shahrida yashovchi 2-sinf o'quvchisi Asal ismli qizaloq ko'plab odamlarga o'rnak bo'lmoqda. Asal kichik bo'lishiga qaramay katta loyihani boshlagan. U o'z “Благотворительный аукцион «От сердца к лапке” telegram kanalida o'zi chizgan suratlarni onlayn auksion orqali 1 oydan beri sotmoqda.
Iste'dodli qizaloqning bu urinishi ko'pchilikning hayrati va rag'batiga sazovor bo'lmoqda. Asal bugunga qadar o’z suratlarini sotish orqali 8.000.000 so'mdan ortiq mablag yig’ishga erishdi. Bloger Nikita Makarenkо ham uning "Odamlar kosmosda" nomli suratini sotib olganini ma'lum qildi. Factchecker.uz platformasi jurnalistlari Asalning onasi Iroda opa bilan suhbatlashdi. Uning aytishicha, Asalda bu g'oyaning paydo bo'lishiga “Next” savdo va ko'ngilochar markazida bo’lib turadigan yarmarkadagi hayriyada ishtiroki sabab bo’lgan va u ham shu kabi hayrli ishlar bilan olamga yaxshilik tarqatishga qaror qilgan.
Qizcha o’z san’at asarlaridan topgan 8.000.000 so'm pulni 8-noyabr kuni Hayot priyuti va Mushukkent loyihalari rahbari Iroda Matkarimovaga loyiha rivoji, jonivorlarning parvarishlanishi va ko'payishi uchun o'tkazib berganligi haqida Mushukkent telegram kanalida xabar berilgan.
Factchecker.uzxulosasi: Rost