top of page

“Akfa Medlineda tug‘ma yurak porogi bor bolalar bepul operatsiya qilinadi”



Telegramdagi turli xil guruhlarda quyidagi mazmunda xabar tarqalmoqda “Assalomu alaykum, gruppadagilar. Toshkent shahrida Akfa Medlineda tugma yurak porogi bilan tug‘ilgan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni 2 apreldan 2 maygacha Ruza oyi uchun bepul operatsiya qilib beriladi. 1141 ga murojaat qilishingizni so‘raladi. Iloji bo‘lsa tarqatinglar savob uchun

Factchecker.uz Toshkentdagi Akfa Medline klinikasiga xabarda ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qildi. Akfa Medline klinikasi xodimi ushbu aksiya 2022 yilda bo‘lganligini va ayni paytda klinika tomonidan bunday aksiya o‘tkazilmayotganligi haqida aytdi.

“Savob uchun” tarqatiladigan xabarlarning avvalo kuniga e'tibor bering. 2 apreldan 2 maygacha Ro‘za oyi 2022 yilda bo‘lgan edi. 2024 yilda muborak Ramazon oyi 10 martdan boshlanadi. Birgina shu sanalarning o‘ziyoq odamni shubhalantirishi lozim.

Har qanday xabarni tarqatishdan oldin, uning naqadar to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling, odamlarni chalg‘itmang!


ความคิดเห็น


bottom of page