top of page

O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev yangi lavozimga saylandimi?

2025-yil 14-yanvar kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgan.




Assotsiatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidan o‘rin olgan mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Otabek Umarov boshchiligidagi Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, shuningdek, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rayosat a’zolari, terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etgan.



Assotsiatsiya Ijroiya qo‘mitasi tashkilot raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mamlakat kurash federatsiyasi rahbari Yo‘ldoshev Nig‘matilla To‘lqinovich nomzodini ilgari surgan. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan Nig‘matilla To‘lqinovich nomzodini ma’qullashgan va N.Yo‘ldoshev mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylangan.




Shundan so‘ng assotsiatsiya Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha reja bilan tanishtirgan ishtirokchilarni. Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi ma'lumot berdi.


Feruzbek Sayfullayev

12 views
bottom of page